
Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIBning Qashqadaryo viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Aniqlanishicha, Nishon tumani Xalq ta’limi bo‘limi maxsus ta’mirlash ekspulatatsiya xizmati bosh mutaxassisi J.I. tumandagi 2-sonli maktabning eski binosini buzib olish ishlarini olib borish uchun bo‘lim mudiri orqali «hamkorlik» shartnomasi rasmiylashtirib berishi evaziga «Q.T.» MCHJ rahbaridan 5 400 AQSH dollari pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar