10:48 / 26.05.2022
1 339

Qozog‘istonda mingdan ortiq o‘quvchi Ginnessning rekordlar kitobi uchun do‘mbira chaldi (video)

Qozog‘istonda mingdan ortiq o‘quvchi Ginnessning rekordlar kitobi uchun do‘mbira chaldi (video)
Foto: Tengrinews
24 may kuni Qozog‘iston poytaxti Nursultonda Fizika-matematika intellektual maktabida do‘mbira darsi bo‘lib o‘tdi, u Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilishi kutilmoqda, deb xabar beradi Tengrinews. Darsda bir vaqtning o‘zida 1032 nafar o‘quvchi do‘mbira chaldi.

Darsni Qozog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi, pedagog Aytjan Toqtag‘an olib bordi. O‘quvchilar «Sariarqa», «Balbirauin», «Yerkem-ay», «Kenes» kabi taniqli kuylarni ijro etdi.

Ginnessning rekordlar kitobiga ariza 2021 yil dekabrida berilgan. Ushbu tashkilot talabi bilan darsni 25 dan ortiq styuardlar va 2 nafar guvoh kuzatib turgan. Har 50 nafar ishtirokchi alohida mustaqil styuard tomonidan rekord zonasida bo‘lish va belgilangan tartib-qoidalarga amal qilish nuqtai nazaridan kuzatib turilgan. Guvohlar esa Ginness rekordlarining vakolatli shaxslari sifatida qatnashib, rekord yaratilishini nazorat qilgan.

Bu bir maktabning mingdan ortiq o‘quvchilari birgalikda asosiy qozoq musiqiy asbobini chalishi bilan bog‘liq birinchi hodisaga aylanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Qozog‘istonda mingdan ortiq o‘quvchi Ginnessning rekordlar kitobi uchun do‘mbira chaldi (video)