Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidan topilgan budda tasviri tushirilgan terrakota haykali Termiz davlat muzey-qo‘riqxonasiga topshirilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Surxondaryo vohasi, xususan, Termiz shahri milodiy I—III asrlarda buddizm markazi sifatida tanilgan. Xitoy tarixiy manbalari ham bunga guvohlik beradi. Eski Termiz hududidagi buddaviylik ibodatxonalari va undan topilgan budda haykallari bunga isbot bo‘la oladi.
Surxondaryo viloyati turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, xuddi shunday budda tasviri tushirilgan terrakota haykali viloyatning Sariosiyo tumanidan ham topilgan. Ushbu terrakota haykalida buddaning o‘tirgan holati tasvirlangan.
Tumanning «Shahriobod» mahallasi «Hurvatan» qishlog‘ida yashovchi fuqaro tomonidan topilgan haykalcha Termiz davlat muzey-qo‘riqxonasiga topshirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...