15:15 / 01.06.2022
5 157

«Artist» loyihasining ishtirokchisi Hojiakbar Ro‘zmetov Munisa Rizayevaga uylanmoqchi ekanini bildirdi

«Artist» loyihasining ishtirokchisi Hojiakbar Ro‘zmetov Munisa Rizayevaga uylanmoqchi ekanini bildirdi
Xonanda Alisher Ro‘zmetovning o‘g‘li Hojiakbar Ro‘zmetov «Artist» loyihasida ishtirok etishi davomida o‘z iste’dodini namoyon qilib, ko‘plab muxlislar orttirmoqda. U Zo‘r TV telekanali boshlovchisi Ma’rufxo‘jaga bergan intervyusida shaxsiy hayoti haqidagi ma’lumotlarni oshkor qildi.

To‘yining qachon va kimga sovchi qo‘ymoqchiligi haqidagi savolga dastlab Hojiakbar Ro‘zmetov uning tanloviga ota-onasi qarshi ekanini, qizning kimligi sir bo‘lib qolishini, chunki bu shaxsiy hayot ekanini ta’kidladi. Ammo boshlovchining qistovi bilan quyidagicha javob berdi:

«To‘g‘risini aytsam, uydagilarim qarshilik bildiryapti, lekin bu narsani o‘zim juda ham xohlayman. Chunki u odamni yaxshi ko‘raman. U shou-biznes vakili — Munisa Rizayeva. Uydagilar biroz qarshi, lekin ularni ko‘ndirib, sovchilarni yuboraman», — deydi yosh xonanda.

Avvalroq Munisa Rizayeva «Artist» loyihasi ishtirokchilari Hojiakbar va Elyorni «yulduzlik kasali»ga chalinganlikda ayblab, ularga tanbeh bergan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Artist» loyihasining ishtirokchisi Hojiakbar Ro‘zmetov Munisa Rizayevaga uylanmoqchi ekanini bildirdi