12 525
Avaz Oxun: 7 yil farzand ko‘rmagani, fitnaga uchrab, uch xonalik uyning puliga kuygani haqida
Qiziqchi Avaz Oxun «Daryo» internet-nashriga intervyu berdi. Intervyuni «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Avaz Oxun suhbat davomida hayotidagi hali hech kimga ma’lum bo‘lmagan voqealarga oid savollarga javob berdi.
— Avaz Oxun qaysi mavzuda latifa aytishdan, hazil qilishdan qo‘rqadi?
— Diniy masalalarda latifa yoki hazil qilishga qo‘rqaman. Bu borada ataylab pand yedirishgan. Men gapirgan gapga, bitta domlaning gapini montaj qilib, chiqarishgan. Dushmanlik uchun qilishgan. Chunki men u gapni boshqa maqsadda gapirganman, domla ham umuman boshqa odamga gapirgan, shuni bir-biriga ulab, montaj qilib, fitna qilishgan, bu fitna.
Diniy masalaga aqlimiz yetmaganidan so‘ng, ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Bilmay ham gapirib qo‘yishdan Alloh asrasin.
Shayx hazratlari aroq mavzusida, irim, bid’atlarni gapirganim uchun menga rahmat aytganlar. O‘sha mavzularda chiqish qilganim uchun ko‘p domlalarimiz rahmat aytishgan. «Biz masjidda mingta odamga gapirsak, Avaz Oxun konsertda to‘rt mingta odamga gapirdi, internetda u gaplarni millionlab odamlar tomosha qildi», deyishgan.
— Odamlarni kuldira olmay qolgan konsertingiz bo‘lganmi?
— Konsertimizning birinchi kunida, bitta seans asabiylashganim uchun o‘xshamay qolgan. 2017 yilda bitta xonanda bilan gapimiz qochib, asabiylashib, asab ta’sir qilib, bir konsert odamni oldida vijdonim qiynalgan. Konsert yaxshi bo‘lgan, ammo o‘zimnng ko‘nglim to‘lmagan.
— Avaz Oxun ijara masalasida qiynalganmi?
— Olti yil ijarada yashaganmiz. Ijara uyda qilni ustida o‘tirgandek o‘tirardik. Qishda uyidan chiqarib yuborgan uy egalari bo‘lgan. U vaqtlarda pulingiz bo‘lsa ham uy ololmas edingiz. Chunki propiska kerak edi. Prezidentimizga rahmat, propiskani yo‘q qilganlaridan so‘ng, Toshkent ham O‘zbekiston Respublikasiga qo‘shildi. Oldin Toshkentga kelsangiz, boshqa respublikaga kelgandek bo‘lardingiz, yoningizda passport olib yurish kerak edi, pasportingiz bo‘lmasa, olib borib qamab qo‘yardi.
Xudoga shukr prezidentimiz propiskani yo‘q qilganlaridan keyin Toshkentdan uy, moshina oldim, ishga kirdim. Oldin shu propiska muammosi bor edi.
— Avaz Oxun 7 yil farzand ko‘rmagani rostmi?
— Birinchi qizim yetti yoshga kirguncha keyingi farzandim bo‘lmadi. Xudoga shukr undan so‘ng uchta ketma-ket farzandim tug‘ildi. Yetti yilda bitta farzandim tug‘ilgan bo‘lsa, uchta farzandim to‘rt yilda dunyoga keldi.
— Qiziqchilar qachon yig‘laydi?
— Biz ham hayotda oddiy odammiz, hayotda yig‘laymiz. Yaqinlaringiz bemor bo‘lsa, yuzingiz yig‘lamasa ham, yuragingiz yig‘laydi.
— Avaz Oxunning qanday bizneslari bor?
— Ayni vaqtda hech qanday biznesim yo‘q. Uy olib sotib, mashina olib sotib, deyarli uch xonalik uyning puliga tushib qolganman. Shundan so‘ng «biznes mening ishim emas», degan qarorga kelganman.
— Avaz Oxun uchun hayotidagi eng qiyin, azobli kun qanday kun bo‘lgan?
— Dadam operatsiya bo‘lgan kun men uchun eng azobli, qiyin kun bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Avaz Oxun 1983 yil, 27 aprelda Andijon viloyati Asaka tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat San’at va madaniyat institutini tugatgan. 2014 yil «Turkiston» san’at saroyida «Yangisini eshitdingizmi?», Xalqlar do‘stligi san’at saroyida 2015 yil «O‘zimizning gaplar», 2016 yil «Samimiy kulgi», 2017 yil «7 dan, 70 gacha», 2018 yil «Yangisi yangida», 2019 yil «O‘zbekcha kulgi», 2020 yil Zo‘r TV kanalida harbiylar uchun konsert dasturlarini taqdim etgan. 2021 yil «Kulgilaringizni sog‘indim» konsert dasturini taqdim etish arafasida. Oilali, to‘rt farzandning otasi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”