Nyusha qirg‘izistonlik bolaning sog‘ayishi uchun xayriya qildi

Nyusha qirg‘izistonlik bolaning sog‘ayishi uchun xayriya qildi
Nyusha qirg‘izistonlik bolaning sog‘ayishi uchun xayriya qildi

Rossiyalik qo‘shiqchi Nyusha qirg‘izistonlik Aydar Umaralievga 300 ming rubl (taxminan 13 million so‘mdan ortiqroq) ehson qildi. Bu haqda Sputnik Kыrgыzstan'ga asoslanib "Kun.uz" xabar qildi.

Bu ma’lumotlarni Moskvada yashovchi Jildiz Osmanova, bolaning onasiga tayanib tarqatgan. Unga ko‘ra, qo‘shiqchi Aydarning davolanishi uchun 300 ming rubl xayriya qilgan.

Bundan tashqari, artist Instagram sahifasida o‘z muxlislaridan ham bolakayga moddiy yordam qo‘lini cho‘zishlarini so‘rab murojaat qilgan.

Aydar Umaraliev 1,5 yoshda. U miya suyagi saratoni bilan og‘rigan. Bola tirik qolishi uchun unga etti million dollarlik miya suyagi o‘tkazish jarrohlik amaliyoti talab etiladi.

Bolaning qarindoshlariga ko‘ra, zarur mablag‘ yig‘ilgan va ular barcha ko‘mak berganlardan judayam minnatdor.

Hozir Aydar va uning onasi Rogachyova nomidagi Moskva klinikasida. Yaqin kunlarda u jarrohlik amaliyotini boshidan kechiradi. Keyin reabilitasiya davriga ham katta miqdorda pul kerak bo‘ladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar