14:15 / 03.09.2022
1 133

Amir Temur maqbarasida restavratsiya ishlari boshlandi

Amir Temur maqbarasida restavratsiya ishlari boshlandi
Foto: Madaniy meros agentligi
Amir Temur maqbarasi madaniy meros ob’ektida restavratsiya ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar qildi.

2022 yilda Samarqand shahrida Shanhay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ga a’zo davlatlar rahbarlari navbatdagi sammiti o‘tkazilishi yuzasidan Amir Temur maqbarasida ta’mirlash-tiklash ishlarini olib borish belgilangan.

Ma’lum qilinishicha, Samarqand shahrida joylashgan «Amir Temur» majmuasida gumbaz va devor old qismi, galereya pol qismlari va peshtoqni qayta ta’mirlash uchun 3 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.

Amir Temur maqbarasini restavratsiya qilish ishlari bundan yarim asrdan ziyod vaqt oldin, ya’ni 1941 yilda amalga oshirilgan bo‘lib, 1996 yilda qisman ta’mirlash ishlari olib borilgan.

Bildirilishicha, 6 asrlik tarixga ega sarkarda sag‘anasida olib borilayotgan restavratsiya jarayonlari Madaniy meros agentligi nazorati ostida va malakali usta-restavrator, xattot, olim, injenerlar va boshqa soha mutaxassislarini jalb etilgan.

Markaziy Osiyo me’morchiligi noyob asari sifatida e’tirof etiladigan Amir Temur maqbarasi Samarqand janubi-g‘arbiy qismida joylashgan bo‘lib, XIV asr oxirida Temuriy shahzoda Muhammad Sulton tomonidan qurilgan madrasa yonida tiklangan. Maqbara qurilishi Amir Temur hukmronligi davrida boshlanib, Mirzo Ulug‘bek davrida tugallangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Amir Temur maqbarasida restavratsiya ishlari boshlandi