21:50 / 12.12.2022
3 853

Avaz Oxun: rossiyalik qiziqchi Petrosyan Obid Asomovning uyini ko‘rib hayratlangan

Avaz Oxun: rossiyalik qiziqchi Petrosyan Obid Asomovning uyini ko‘rib hayratlangan
Foto: «Daryo»
Qiziqchi Avaz Oxun karantindan keyingi shou-biznes, ba’zi san’atkorlarning xizmatlari kamayib ketgani haqidagi fikriga munosabati hamda rossiyalik qiziqchi Petrosyan Obid Asomovning uyiga kelib hayratlangani haqida gapirdi.

- Ijod qilib tursangiz, tinmasdan harakat qilib tursangiz Alloh rizq beraveradi. Sal ishingiz orqaga tortilib qoldimi, odam aybni baribir o‘zidan qidirib ko‘rishi kerak. Demak, «men ijod qilmay qo‘ydim, men harakat qilmay qo‘ydim, harakatimni jadallashtirmasam bo‘lmaydi», deyish kerak.

Karantinning ta’siri bo‘ldi. Odamlarning to‘ylarga nisbatan munosabati o‘zgargan, avvalgidek emas. To‘yga e’tibor sal kamayganga o‘xshadiyu, lekin bo‘lib turibdi. Qo‘shni respublikalar bilan solishtirganda yuqori darajada desa bo‘ladi. Masalan, bizda oddiy qo‘shiqchi topadigan pulni qo‘shni mamlakatlarda xalq artistlari ham topolmaydi. Biz qo‘shni davlatlarga xizmatga borganimizda hamkasblardan so‘raymiz, bizda falon san’atkor xizmatga falon pulga boradi desak, «Ooo, bizda bunaqa emas» deyishadi.

Rossiyalik qiziqchi Petrosyan Obid Asomovning uyiga kelganida, uyini ko‘rib, ko‘p qavatli uy deb o‘ylab, «Ikkinchi etajda kim turadi?» degan ekan. «O‘zimning uyim» desa, «Tepa ham senikimi?» degan ekan. Rossiya qiziqchilari ham O‘zbekistonga kelib havas qilib ketishyapti.

Biz shukr qilishimiz kerak. Qanday vaziyat bo‘lganda ham hech kimning ishi, tirikchiligi yomon emas. Kecha chiqqan san’atkorda ham to‘y bor, 50 yillik san’atkorda ham to‘y bor. Bizning xalqimiz bor ekan, hech qaysi san’atkor chetda qolayotgani yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Avaz Oxun: rossiyalik qiziqchi Petrosyan Obid Asomovning uyini ko‘rib hayratlangan