00:05 / 06.03.2023
817

“Sog‘lig‘imda muammolar bo‘ldi, nahotki shu yoshimda hayotdan ko‘z yumsam, deb o‘yladim” - Intizor Tojiboyeva (video)

“Sog‘lig‘imda muammolar bo‘ldi, nahotki shu yoshimda hayotdan ko‘z yumsam, deb o‘yladim” - Intizor Tojiboyeva (video)

Marhum qiziqchi Hojiboy Tojiboyevning qizi Intizor Tojiboyeva bolalik xotiralari, sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar va hayotiga kelgan sinovlar haqida gapirib berdi

“Oilada o‘rtancha farzandman, ismimni orziqib kutilgan deb Intizor qo‘yishgan”

Esimda: qo‘shni bolalar velosiped haydaganida men ham otamga olib bering, deb turib olganman. Oyim otamga mayli olib bering, dedi, men esa uni haydashni bilmasdim. Velosipedim kichkina edi, otam erinmasdan unga o‘tirib mana shunaqa bo‘ladi, bunaqa qilib haydaysan, deb o‘rgatgan. Shu bilan velosiped haydashni o‘rganganman. Yiqilsam hech narsa qilmaydi, ustingni qoqasan, turib ketasan, deganlar. Shu odat haligacha meni tark etmagan, yiqilsam ustimni qoqib, turib ketaman. Oilada o‘rtancha farzandman, ismimni orziqib kutilgan deb Intizor qo‘yishgan.

Foto: Instagram 

“Har kuni onamning yig‘lashini ko‘rish menga yomon ta’sir qilardi”

Sog‘lig‘imda jiddiy muammolar bo‘ldi. Bilmagandim, shifokorlarga murojaat qilsam, ayrimlari oz umri qolgan, yana kimdir bu rol o‘ynayapti, holatdan chiqolmagani uchun boshi shunaqa og‘riyapti, kimlardir umuman bizga tegishli kasal emas dedi. Hamma har xil gapirgandan keyin ahvolim battar yomonlashdi. Dorilar yordam bermadi, bir klinikaga borib davolanganimda professorlar yig‘ilib bitta tashxis qo‘ydi va bu kasallikdan bir yil davomida davolandim.

O‘zimga kela olmadim, hech kimni tanimadim, o‘sha paytda hammani “oyi” deb chaqirgan ekanman. Bir xil payt insoning xayoliga hayotim tugarmikan, degan xayol ham keladi va orqaga qarab hali hech narsa qilmaganingizni tushunib yetasiz. Har kuni onamning yig‘lashini ko‘rish menga yomon ta’sir qilardi. Bu holatdan chiqa olmay ruhan cho‘kib qoldim, shundan keyin semirib ketdim.

Foto: Instagram / @intizor_tadjibaeva 

Bildimki, hech narsa bir xillikda ketmaydi, muxlis bevafo. U bugun sizni eshitsa, ko‘rsa, ertaga boshqasiga e’tibor qaratadi. Charchaganimni sezmasdim, menga ishonmagan insonlarga isbotlashim kerak bo‘lgan narsalar borligi uchun harakat qilgandirman. Hech qachon insonlarning gap-so‘zi bilan ish tutmaganman. Shijoatim qaysidir vaqt so‘ndi, orqaga chekinishni boshladim.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Sog‘lig‘imda muammolar bo‘ldi, nahotki shu yoshimda hayotdan ko‘z yumsam, deb o‘yladim” - Intizor Tojiboyeva (video)