Shohruhxon va Asalning to‘ylari boshqa restoranga ko‘chirildi

23-25 may kunlari “Istiqlol” san’at saroyida navbatdagi konsert dasturini taqdim etgan xonanda Shohruhxon va nihoyat aktrisa Asal Shodievaga uylanayotgani haqida xabar bergan edik. Avval ma’lum qilganimizdek, Shohruhhon va Asal Shodievaning to‘y oqshomlari 5 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Ayni damda to‘yga taklifnomalarni tarqatish bilan bog‘liq ishlar davom etmoqda, deb yozmaqda "Qalampir" nashri. Taklifnomani olgan shou-biznes vakillari birin-ketib o‘zlariga tegishli taklifnomalarni suratga olib, ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalariga joylashtirishyapti hamda Shohruhxon va Asalga baxt tilashmoqda.
Avvalgi xabarlarda Shohruhxon va Asalning to‘ylari Toshkentdagi “Versal” restoranida bo‘lib o‘tishi haqida aytgan bergan edik. “Qalampir.uz” saytining ishonchli manbalari etkazgan ma’lumotlarga qaraganda, to‘y “Versal” restoranidan boshqa to‘yxonaga ko‘chirilgan. Taklifnomalarga nomi bitilgan restoran o‘rniga, boshqa to‘yxonaning nomi yozib chiqilyapti.
Garchi to‘y o‘tkaziladigan restoran bizga ayon bo‘lsada, uni oshkor eta olmaymiz. Shohruhxon va Asal to‘y kuni ularni ko‘pchilik muxlislar bezovta qilmasin, restoran atrofiga odamlar to‘planmasin deb shu qarorga kelishgandir, balki.
Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan Shohruhxon va Asalga oilaviy baxt, ijodiy parvozlar tilab qolamiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing