21:40 / 31.03.2023
559

Shohrux Xon, Amir Xon va Bollivudning ko‘p farzandli boshqa aktyorlari (foto)

Shohrux Xon, Amir Xon va Bollivudning ko‘p farzandli boshqa aktyorlari (foto)

Bollivud yulduzlari oddiy insonlar kabi, tinch oilaviy baxtga intiladi. Ularning orasida ko‘p farzandli mashhurlar ham bor. “Yandeks Dzen” nashri Bollivudning ko‘p farzandli aktrisa va aktyorlari haqida ma’lumot berdi.

Saif Ali Xon

Foto: “Yandeks.ru”

Bollivud aktyori Saif Ali Xon to‘rt farzandning otasi. Sara Ali Xon va Ibrohim Ali Xon uning Amrita Singh bilan bo‘lgan birinchi nikohidagi farzandlari hisoblanadi. Aktyor birinchi rafiqasi bilan ajrashganidan so‘ng hamkasbi Karina Kapur bilan turmush qurdi, hozirda ularning ikki nafar o‘g‘li bor. Qizig‘i shundaki, aktyor hayotining har o‘n yilligida — 20, 30, 40 yoshida farzandli bo‘lgan.

Hozirda Sara hind kinosining taniqli aktrisalaridan biriga aylandi. Saifning ikkinchi farzandi Ibrohim ham Bollivudga kirib bormoqda. Aktyorning 6 yoshli o‘g‘li Taymur o‘zining yoqimtoyligi tufayli ijtimoiy tarmoqlar yulduziga aylandi. Uning eng kenja farzandi Jey ham voyaga yetmoqda va u mashhurlikka erishish haqida o‘ylamaydi.

Shohrux Xon

Foto: “Yandeks.ru” 

Shohrux Xon va uning rafiqasi Gauri Xon uch farzand — Aryan, Suhana va Abramning ota-onasi. Juftlikning uchinchi farzandini surrogat ona dunyoga keltirgan. Aryan Xon o‘zining tashqi ko‘rinishi va “Simba”dagi ovozi bilan tanilgan bo‘lsa, Suhana Xon o‘zining rejissorlik debyuti va go‘zalligi bilan tobora mashhur bo‘lib bormoqda. Aktyorning kichik o‘g‘li Abram to‘qqiz yoshda.

Amir Xon

Foto: “Yandeks.ru”

Amir Xon ikki marta uylangan va uch farzandning otasi. Junaid, Ira Amir Xon va uning sobiq rafiqasi Rina Dattaning farzandlari, Azad Rao esa Amir va Kiran Raoning surrogat ona orqali dunyoga kelgan farzandi.

Junaid 27, Ira esa 23 yoshda. Junaid Xon “PK” blokbasterida rejissor Rajkumar Xiraniga yordam bergani bilan tanilgan. U o‘z karyerasini aktyorlikdan ko‘ra rejissorlikda rivojlantiradi. Bollivud yulduzining kichkina farzandi Azad Rao Kao hozir sakkiz yoshda, u raqs maktabiga qatnaydi va otasini ishga kuzatib qo‘yishda kameradan qochmaydi.

Sanjay Datt

Foto: “Yandeks.ru” 

Bollivud aktyori Sanjay Datt ikki marta turmush qurgan. Uning birinchi turmushidan Trishala ismli qizi bor. Aktyor birinchi rafiqasi vafot etgach, Manyataga uylandi. Uning bu turmushidan Ikra va Shahraan ismli egizak farzandlari bor.

Trishala psixiatr va maslahatchi sifatida faoliyat yuritadi. Shahraan futbolga qiziqadi, biroq Sanjay aytganidek, u aktyorga xos barcha fazilatlarga ega — kuzatuvchan, aqlli, raqsga tushishni yaxshi ko‘radi va hazil-mutoyiba bilan insonlarni o‘ziga qarata oladi. Shahraan “Hasmukh Pighal Gaya” filmining “Kisi Ki Muskurahaton Pe” remiksida epizod rolni ijro etgan.

Ikra ajoyib rassom, u rasmlarni juda chiroyli chizadi. Uning yoshidagilarni bu qadar chiroyli chiza olishiga ishonish qiyin.

Anil Kapur

Foto: “Yandeks.ru”

Anil Kapur faqat bir marta turmush qurgan va haligacha rafiqasi Sunitani yaxshi ko‘radi. Juftlikning uchta — Rhea, Sonam va Harshvarshan ismli farzandi bor. Sonam hind kinosidagi eng yaxshi aktrisalardan biri hisoblanadi, bundan tashqari u modada ham faoliyat yuritadi. Rhea o‘z iste’dodini kino suratga olishga sarflamoqda va Harshvardxan esa Bollivuddagi aktyorlik debyutiga tayyorlanmoqda.

Sanni Leon

Foto: “Yandeks.ru”

Sanni Leone va uning turmush o‘rtog‘i Daniyel Veber 2017-yilda qizaloq Nishani asrab oldi va keyingi yili surrogatlik orqali dunyoga kelgan egizak o‘g‘il Noya va Asherning ota-onasi bo‘ldi. Daniyel uchta farzandni tarbiyalashdagi qiyinchiliklar haqida: “Bir nafar yoki uch nafar farzand bo‘ladimi, bu juda katta mas’uliyat”, — deb javob bergan.

Farah Xon

Foto: “Yandeks.ru”

Farah Xon uch egizakni dunyoga keltirdi, uning bir nafar o‘g‘li va ikki nafar qizi bor. Aktrisa farzandlariga Anya Kunder, Diva Kunder va Kzar Kunder deb ism qo‘ygan. Farah Xonga farzandlarini tarbiya qilishda turmush o‘rtog‘i, muharrir va rejissor Shirish Kunder katta yordam beradi. Aktrisa karyerasi bilan band bo‘lganligi sababli ertaroq oila qurishga ulgurmadi. Yoqimtoy bolalar hozir 12 yoshda va maktabda o‘qiydi. Ularning onasi maktabdagi barcha tadbirlarda faol ishtirok etadi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shohrux Xon, Amir Xon va Bollivudning ko‘p farzandli boshqa aktyorlari (foto)