date

Klichko rafiqasi haqidagi savolga javoban jurnalist qizni o‘pib qo‘ydi (Video)

Klichko rafiqasi haqidagi savolga javoban jurnalist qizni o‘pib qo‘ydi (Video)

Ukrainaning Kiev shahri meri Vitaliy Klichko Evro-2016 bahslarida Germaniya-Ukraina o‘rtasidagi matchda milliy terma jamoani yolg‘iz o‘zi qo‘llab-quvvatladi. Bu esa ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Bu haqda “Darakchi” nashri xabar bermoqda.

Jurnalistlar Klichkoning o‘yin haqidagi taassurotlari bilan qiziqar ekan, shu o‘rinda uning rafiqasi qayerda ekanligi haqida savol berdi.

Bu savolga javoban Klichko jurnalist qizni o‘pib qo‘yish bilangina cheklandi. So‘nggi paytlarda Klichko rafiqasi Natalya bilan juda kam ko‘rinish bermoqda. Ularning bir o‘g‘il va bir qizlari bor.

Vitaliy Klichko javobi uncha oson bo‘lmagan savolga qiziq reaksiya bildirdi. Dastlab u rafiqasining o‘ta muhim ishlari borligi sabab Fransiyaga borolmaganini bildirdi. So‘ng u Ukrainaning “TSN” telekanali jurnalistiga qarata “Sizni o‘pib qo‘ysam maylimi? Buni juda istayapman” dedi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Klichko rafiqasi haqidagi savolga javoban jurnalist qizni o‘pib qo‘ydi (Video)