15:39 / 04.08.2023
582

Bollivudda bir necha marta rekord o‘rnatgan Kajol 49 yoshda (foto)

Bollivudda bir necha marta rekord o‘rnatgan Kajol 49 yoshda (foto)

Bollivud yulduzi Kajol “O‘g‘irlanmagan kelin”, “Hayotda hamma narsa bo‘ladi” va “Mening ismim Xon” kabi mashhur filmlardagi roli bilan tomoshabinlar qalbidan joy oldi. Quyida aktrisa haqidagi eng qiziqarli faktlar keltiriladi.

Bollivuddagi debyut

Kajol kinodagi debyutini 16 yoshida Rahul Ravaylning “Haqiqiy sevgi” filmida qilgan va u buni katta muvaffaqiyat deb biladi. Ushbu film uchun aktrisa hatto aktyorlik faoliyatini davom ettirish uchun maktabni tark etishga majbur bo‘ldi.

Foto: Bollywoodtime

Kitob va she’riyatga qiziqish

Kajol maktab davrida badiiy adabiyot o‘qishga qiziqib qolgan, uning aytishicha, bu unga og‘ir kunlarni yengib o‘tishga yordam bergan. Aktrisa bo‘sh vaqtlarida she’r va hikoyalar yozishni ham yoqtiradi.

Foto: Bollywoodtime

Rekordchi

Kajol Filmfare mukofotining “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. U ushbu yutug‘i bilan xolasi Natan bilan bellasha oladi (uning ham 5 ta mukofoti bor). Shuningdek, Kajol mukofotning o‘n bitta nominatsiyasiga nomzodi qo‘yilgan aktrisa hisoblanadi.

Foto: Bollywoodtime

“Bollivud afsonasi”

Kajol 2006-yilda Buyuk Britaniyada miniatyura qo‘g‘irchog‘i chiqarilgan Bollivudning mashhur insonlaridan biri hisoblanadi. Bu “Bollivud afsonalari” deb nomlangan kolleksiya bo‘lib, to‘rtta yulduz — Shohrux Xon, Ritik Roshan, Kajol va Priyanka Choprani o‘zida jamlaydi.

Foto: Bollywoodtime

Noyob qosh

Aktyorlik mahoratidan tashqari, Kajol Bollivuddagi go‘zallik haqidagi ta’rifni o‘zgartirgan 90-yillarning mashhur aktrisalaridan biri edi. Aktrisa ishtirokidagi filmlarni tomosha qilgan bo‘lsangiz uning o‘xshashi yo‘q qoshlari xayolingizga kelgandir. Aktrisa aynan shu sabab prodyuserlarning bosimiga chidadi, biroq Kajol taslim bo‘lmadi. U o‘zining vizajisti Mikkini juda hurmat qiladi. Kajolning aytishicha, vizajist barcha ijodkorlarni aktrisaning “jo‘shqinligi”ga ishontirganlardan biri bo‘lgan.

Foto: Bollywoodtime

Amerika fond birjasini ochgan birinchi hind yulduzi

“Mening ismim Xon” filmidagi ulkan muvaffaqiyatdan so‘ng, Kajol hamkasbi Shohrux Xon bilan birgalikda NASDAQ’ga ochilish qo‘ng‘irog‘ini o‘zi chalishi va dunyodagi eng yirik bozorda savdo boshlanganini e’lon qilish uchun taklif qilindi.

Foto: Bollywoodtime

O‘zgacha juftlik

Kajol aktyor Ajay Devgan bilan turmush qurgan. Hind kinosi muxlislari juftlikni juda yaxshi ko‘radi. To‘rt yillik munosabatdan so‘ng, aynan Kajol Ajayga turmush qurishni taklif qildi. Ularning olti oydan keyin ajrashib ketishiga ishongan ko‘pchilik yanglishdi. Yaqinda Ajay va Kajol turmush qurganiga 22 yil bo‘lganini nishonladi va bu ularning munosabatlari qanchalik mustahkam ekanini isbotlaydi.  

Foto: Bollywoodtime

Omadli 5 raqami

5-avgustda tug‘ilgan aktrisa besh raqamini o‘zining baxtli raqami deb hisoblaydi. Kajol 1995-yilda beshta filmda rol o‘ynagan. Ushbu filmlardan biri “O‘g‘irlanmagan kelin”muvaffaqiyatli blokbasterga aylandi va 23 yildan ortiqroq vaqt davomida teatrlarda namoyish etib kelinmoqda.

Foto: Bollywoodtime

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Bollivudda bir necha marta rekord o‘rnatgan Kajol 49 yoshda (foto)