Tennischi Vaja Uzoqovning xiyonati sabab xonanda Munisa Rizaeva u bilan munosabatlarini tugatdi

Tennischi Vaja Uzoqovning xiyonati sabab xonanda Munisa Rizaeva u bilan munosabatlarini tugatdi
Tennischi Vaja Uzoqovning xiyonati sabab xonanda Munisa Rizaeva u bilan munosabatlarini tugatdi

Xonanda Munisa Rizaeva tennischi Vaja Uzoqov bilan munosabatlariga bundan besh oy avval chek qo‘ygan. Bu haqda «Sayyod.com»ga asoslanib «Daryo» xabar berdi.

«Vaja bilan munosabatlarimizga besh oycha avval chek qo‘yildi. Meni hali erkak zoti tashlab ketmagan, axir mendek qizni tashlab ketish mumkinmi?», — dedi Munisa Rizaeva.

«Vaja meni tashlab ketgani yo‘q, xiyonat qilgani rost. Men uni tashlab ketdim. Lekin hammasini unutdim. Uni kechirdim ham. Eslamayapman ham», — dedi Munisa Rizaeva.

Avvalroq Munisa Rizaeva to‘y kuni belgilanganidan so‘ng, sevgan insoni xiyonat qilgani, shundan so‘ng uch oy davomida o‘ziga kela olmaganini ma’lum qilgandi. Qayd etish joiz, bundan avval Munisa Rizaevaning xonanda Jasur G‘oyipov bilan to‘yi bekor qilingan edi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar