Samandar Hamroqulov klip va qo‘shiqlarini qo‘yishda OAVlardan yordam so‘radi

So‘nggi vaqtlarda TV va radioefirlarda kamnamo bo‘lib qolgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Samandar Hamroqulov 19 iyul sanasi bilan “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan berilgan AA 5673 sonli lisenziyasining suratini ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasiga joylashtirib, lisenziyasining muddatini uzaytirganini ma’lum qildi va OAVlar ma’muriyatiga murojaat qildi. Bu haqda "Qalampir.uz" xabar bermoqda.
“Lisenziya bilan faoliyatim davomiyligini bir yilga uzaytirdim. Ommaviy axborot vositalari klip va qo‘shiqlarimni muxlislarimizga etib borishida ko‘maklashinglar. “Samandar faqat kinoda va boshlovchilikda qolib ketdi”, deganlar uchun ham...”, deb yozadi Hamroqulov.
So‘nggi paytlarda AQShga serqatnov bo‘lib qolgan Samandar Hamroqulovga O‘zbekistondagi to‘y-hashamlarga qaraganda xorijdagi tadbirlarga ko‘p taklif etilmoqda. Xususan, unga AQShda talab katta. Ma’lumotlarga qaraganda, u okean ortidagi to‘ylarning eng oldi san’atkoriga aylangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing