“Yomon qiz” qo‘shig‘i bilan muxlislar eʼtiboriga tushgan xonanda Imron “Davo istab” nomli yangi konsert dasturini taqdim etdi. “Daryo”ning YouTubeʼdagi kanalida konsertning sahna va sahna orti jarayonlari haqida maxsus reportaj tayyorlandi. Agar konsertga borolmagan bo‘lsangiz, albatta uni tomosha qilishingizni tavsiya qilamiz.

Har ikki yilda konsert berishga odaylangan xonanda Imron bu yilgi dasturni “Davo istab” deb nomladi.

Foto: “Daryo”

— Konsertga bir yildan ortiq tayyorgarlik ko‘riladi. Yangi qo‘shiqlar, hitlar bo‘lishi shart. Bir yil davomida repertuar ustida ishladik. 10 dan ortiq yangi qo‘shiqlarni yaratgandan so‘ng konsert tayyorgarligini boshladik, — deydi Imron.

Xonanda Imron avvalgi konsert dasturida Durdona Qurbonova bilan duet ijro etgandi. Ammo bu yil duetdoshlar ko‘rinmadi.

Foto: “Daryo”

— Muxlislar duetdoshni emas, avvalo meni ko‘rgani kelishadi. Negadir bu yilga duet kuylash xohishi bo‘lmadi. Balki, keyingi konsertda bu haqda o‘ylab ko‘rarman. Ammo taniqli xonanda bilan emas, yosh ijrochilar bilan duet kuylayman, — deydi xonanda Imron.

Foto: “Daryo”

Imronning bu yilgi konsertida qiziqchi Shukrullo Isroilov boshlovchilik qildi. Uning chiqishini taʼriflashga hojat yo‘q. Yana o‘sha, o‘sha gaplar.

Foto: “Daryo”

Xonanda bu yilgi konsertida teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlariga alohida eʼtibor bergan. Bu qo‘shiqning yanada taʼsirchan chiqishiga sabab bo‘ldi.

Foto: “Daryo”

Ming marta eshitgandan bir marta ko‘rgan afzal deb bejiz aytishmaydi. Shunday ekan, konsertdan tayyorlangan maxsus reportajni tomosha qiling.