Sharof Muqimov uyini sotuvga qo‘ydi

Avvalroq, xonandalar Sharof Muqimov va Sevinch Mo‘minovaning oilasiga darz ketgani haqida xabar bergan edik. Ko‘tarilgan mish-mishlar yuzasidan ikkisi ham o‘z fikrini bildirib, oilaviy mojarolari bilan bog‘liq gap-so‘zlarga oydinlik kiritishdi. Ayni damda Sharof va Sevinch qonuniy ajrashishmagan bo‘lsada, bir-birlaridan ayro yashashmoqda. Farzandlari Leyla esa onasi bilan.
Bugun, 22 avgust kuni xonanda Sharof Muqimov Toshkentning markazida Sevinch bilan istiqomat qilgan uyini sotuvga qo‘ygani haqida xabar qildi. Xonanda uyini sotishga astoydil kirishgan chog‘i uning barcha afzalliklarini sanab o‘tgan, deb xabar berdi "Qalampir" nashri.
Sharof oilaviy masalalari yuzasidan intervyu berganicha yo‘q. Xonanda turmush o‘rtog‘i bilan munosabatlariga boshqalarning aralashishini, OAV bu masalalarni hadeb yoritishini istamayapti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing