11:23 / 30.03.2024
580

Hamdam Sobirov, Ozoda Nursaidova va boshqalarning konsertiga kirish qanchaga tushadi?

Hamdam Sobirov, Ozoda Nursaidova va boshqalarning konsertiga kirish qanchaga tushadi?
Yaqin kunlarda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan konsertlar va ularning chipta narxlari haqida ma’lumot beramiz.

“Million” jamoasi
Jamoaning bu yilgi konsert dasturi 11–21 aprel kunlari “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida bo‘lib o‘tadi. Chipta narxlari 55 ming so‘mdan, 770 ming so‘mgacha etib belgilangan.

Sulton Ali Rahmatov
Mahoratli bastakor Sulton Ali Rahmatov 18–21 aprel kunlari Kasaba uyushmalari saroyida konsert dasturini taqdim etadi. Katta orkestr jo‘rligidagi konsertning chipta narxlari 300-600 ming so‘m etib belgilangan.

Shuhrat Daryo
Xonanda 22 aprel kuni “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida konsert dasturini taqdim etadi. Konsert chiptalari 30 ming so‘mdan 300 ming so‘mgacha etib belgilangan,

Botir Qodirov
Xonanda ijodining 20 yilligiga bag‘ishlab, konsert dasturini taqdim etadi. To‘liq jonli ijrodagi konsert chiptalari 50 ming so‘mdan 500 ming so‘mgacha etib belgilangan.

“Benom” guruhi
Sarvar va Komilning bu yilgi konsert dasturi 1–5 may kunlari “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida bo‘lib o‘tadi. Jonli ijrodagi konsertning chipta narhlari 50 ming so‘mdan 400 ming so‘mgacha etib belgilangan.

Ozoda Nursaidova
Xonanda Ozoda Nursaidovaning konserti 1–14 may kunlari bo‘lib o‘tadi. Jonli ijrodagi konsert chiptalarini 30 ming so‘mdan 400 ming so‘mgacha bo‘lgan narxda xarid qilishingiz mumkin.

Xurshid Rasulov
Xonanda Xurshid Rasulov 20–22 may kunlari “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida konsert dasturini taqdim etadi. Konsert chiptalari 30 ming so‘mdan 300 ming so‘mgacha etib belgilangan.

Hamdam Sobirov
Xonanda Hamdam Sobirov bu yil konsert berish uchun “Humo arenasi”ni tanladi. “Janze” deb nomlangan konsert chiptalarini 120 ming so‘mdan 500 ming so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.

Doston Ergashev
24–25 may kunlari xonanda “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida konsert dasturini taqdim etadi. Konsert chiptalari 80 ming so‘mdan 350 ming so‘mgacha bo‘lgan narxda xarid qilishingiz mumkin.

Jaloliddin Ahmadaliyev
Xonanda 26–30 may kunlari “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida “Yetmasmidi” deb nomlangan konsert dasturini taqdim etadi. Chiptalar 50 ming so‘mdan 300 ming so‘mgacha bo‘lgan narxda sotilmoqda.

Tohir Sodiqov
Xonanda an’anasini davom ettirgan holda bu yil ham 1 iyun kuni “Humo arena” muz saroyida konsert dasturini taqdim etadi. Chiptalar 120 ming so‘mdan, 350 ming so‘mgacha bo‘lgan narxda sotilmoqda.

Elmurod Haqnazarov
Elmurod Haqnazarov bu yil 7–9 iyun kunlari “Yengilmen” nomli konsert dasturini taqdim etadi. Konsert chiptalari 30 ming so‘mdan 300 ming so‘mgacha bo‘lgan narxda sotilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Hamdam Sobirov, Ozoda Nursaidova va boshqalarning konsertiga kirish qanchaga tushadi?