date

“Salom yangi hayot”. Sevinch Mo‘minova internet bilan xayrlashdi

“Salom yangi hayot”. Sevinch Mo‘minova internet bilan xayrlashdi

Xonanda Sevinch Mo‘minova internetdan foydalanmaslikka qaror qildi. Bu haqda u Instagram`dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Aziz muxlislarim, mehribonlarim, sizlar bilan Instagram`dan xayrlashaman, bugun oxirgi kirishim. Sizlar bilan yaxshi kunlarda ko‘rishamiz. Unutmang, sizni yaxshi ko‘raman! Xayr, Instagram,xayr internet! Salom yangi hayot!”,— deb yozib qoldirdi xonanda o‘zining shaxsiy sahifasida, deyiladi "Darakchi" nashrida.

Xonanda nima sababdan internetdan va Instagram`dan foydalanmaslikka qaror qilganiga oydinlik kiritmagan.

Sevinchning muxlislari xonandaning bu qarorini qo‘llab-quvvatlagan.

“To‘g‘ri qilasiz internetga kamroq vaqt ajratsangiz, ko‘proq vaqtingizni qizingiz bilan o‘tkazasiz”,— deb yozadi internet foydalanuvchilaridan biri.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » “Salom yangi hayot”. Sevinch Mo‘minova internet bilan xayrlashdi