date

Jastin Biber birvarakayiga 8 marta Ginnesning rekordlari kitobiga kirdi

Jastin Biber birvarakayiga 8 marta Ginnesning rekordlari kitobiga kirdi

Dunyo bo‘ylab xonanda Jastin Biberning muxlislari juda ham ko‘p. Uning konsert dasturlarida shinavandalar qo‘shiqlarning har bir so‘zini birgalikda ijro etishadi. Albatta, Jastin bu bilan faxrlanadi. Endilikda xonanda yana boshqa yutuqlari bilan ham faxrlanishi mumkin. Gap shundaki, kecha, 31 avgust kuni xonanda birvarakayiga 8 marotaba Ginnesning rekordlari kitobiga kiritildi. Bu haqda “Starslife.ru” nashriga asoslanib “Qalampir.uz” xabar bermoqda.

U o‘rnatgan rekordlar qisqacha quyidagicha:

Jastin Biberning “What Do You Mean?” kompozisiyasi Spotify (musiqalarni tinglash ijtimoiy tarmog‘i) orqali bir haftada 30 723 708 marta tinglangan.

“Purpose” musiqiy albomini esa bir hafta ichida 205 million muxlis tinglagan.

Biberning uchta kompozisiyasi 2015 yilning dekabr oyida, bir vaqtning o‘zida Billboard Hot 100 chartida birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan. Ular “Yourself” – 1, “Sorry” – 2 va “What Do You Mean?” - 3.

Xonandaning Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga 82 235 563 kishi a’zo bo‘lgan.

Biberning YouTube kanalidagi sahifasiga esa 20 711 202 kishi a’zo bo‘lgan va uning kanali eng ommabop kanal deb topilgan.

Jastin ishtirokidagi videolavhalar, uning kliplarini YouTube kanalidan 10 478 651 389 kishi tomosha qilgan.

Jastin Biberga uning rekordlari yuzasidan mukofot va sertifikat topshirilgan. E’tiboringizga havola etilgan ushbu suratni xonanda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirishga ham ulgurgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Jastin Biber birvarakayiga 8 marta Ginnesning rekordlari kitobiga kirdi