15:39 / 15.04.2024
99

Jenisbek Piyazov oliy ta’lim vaziriga maslahatchi etib tayinlandi

Jenisbek Piyazov oliy ta’lim vaziriga maslahatchi etib tayinlandi
Foto: Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi
Jenisbek Piyazov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri maslahatchisi bo‘ldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirning madaniyat va san’atni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi lavozimi jamoatchilik asosida joriy etildi va ushbu lavozimga O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Boshqirdiston va Tatariston xalq artisti Jenisbek Piyazov tayinlandi.

Jenisbek Piyazov 2022 yil yanvarida maktabgacha ta’lim vazirining madaniyat va san’atni rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha jamoatchilik asosida maslahatchi etib tayinlangandi. Ushbu lavozim ham o‘sha paytda jamoatchilik asosida tashkil etilgandi.

O‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga 2024 yil fevralidan buyon Qo‘ng‘irotboy Sharipov rahbarlik qilib kelmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jenisbek Piyazov oliy ta’lim vaziriga maslahatchi etib tayinlandi