496
Ozodbek Nazarbekov ayrim san’atkorlarning gonorari 10 ming dollar ekaniga munosabat bildirdi
Foto: AOKA
16 avgust kuni AOKAda Madaniyat vazirligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida vazir Ozodbek Nazarbekov bugungi kunda ayrim xonandalarning 10 ming dollar evaziga to‘yga borishiga munosabat bildirdi.
— Mashhur kiyim do‘konlaridan birida oddiy paypoq 200 dollar turibdi. Nimaga hech kim shikoyat qilmaydi? Nega hech kim “Men shu paypoqni olib kiygim kelyapti, lekin narxiga qurbim yetmaydi”, demaydi. To‘yimga falonchi kelsin, degan narsa orzu-havas. Kechirasizlar-u, orzu-havas pul evaziga bo‘ladi, hamma joyda. Siz menga “Munisa Rizayeva to‘yiga bormagani uchun yoshlar baxtsiz bo‘ladi”, degan argumentni keltirib bering, kerak bo‘lsa, men buni qaror loyihasiga kiritaman. Agar xalqimiz shu bilan baxtli bo‘ladigan bo‘lsa, bu narsani biron qaror loyihasiga kiritamizki, eng mashhur san’atkorlar to‘yma-to‘y yurib, qo‘shiq kuylab yuradi, — deydi Ozodbek Nazarbekov.
Ma’lumot uchun, Munisa Rizayeva o‘zbek shou-biznesidagi “eng qimmat” xonandalardan biri hisoblanadi. Uning Toshkent to‘ylaridagi “birrov” xizmati narxi 1200 dollar qilib belgilangan. Munisa intervyularida bir kunda o‘rtacha 5 ta to‘yga borishi haqida aytib o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi