18:23 / 02.10.2024
38

Reper Konsta: “Hali ham uyim yo‘q, ammo bu to‘ylarga chiqishimga sabab bo‘lolmaydi”

Reper Konsta: “Hali ham uyim yo‘q, ammo bu to‘ylarga chiqishimga sabab bo‘lolmaydi”
Foto: “Daryo”
O‘zbek rep qo‘shiqchisi Konsta YouTubedagi “Daryo lifestyle” kanaliga bergan intervyusida bir necha yildan buyon ijara uyda yashashi, ammo bu to‘ylar borasidagi prinsiplariga ta’sir qilmasligi haqida gapirdi.

Yaqinda Instagram sahifamga to‘yxonada qo‘shiq kuylayotganim bilan bog‘liq videoni joylab, “Xalqimizda to‘ylar ko‘paysin” deb yozib qo‘ydim. Aslida bu hazil video edi. Ya’ni Samarqanddagi institutda bo‘lishi kerak bo‘lgan tadbir Milliy gvardiya bilan kelishuvga erishilmagani uchun to‘yxonada o‘tkazildi. Ertasi kuni yana ikkita to‘yga taklif qilishdi. Lekin ikkisiga ham pul evaziga borganim yo‘q, tanishim iltimos qilgani uchun yo‘q deyolmagandim. Shu kungacha biror marta pul evaziga to‘yga chiqmaganman, bu o‘z prinsiplarimga ham to‘g‘ri kelmaydi. To‘yga moslashish kerak, uning o‘ziga yarasha javobgarligi bor. To‘yga moslashib qolgandan keyin undan chiqish juda qiyin. Chunki kuniga 800 AQSH dollaridan to‘rtta to‘yga kirib chiqish kimga ham yoqmaydi? Ammo bu narsa o‘zligimga to‘g‘ri kelmaydi, - deydi Konsta.

O‘zbekistonda xonandalarning asosiy daromad manbasi to‘ylardan, nahotki birorta tanishingiz sizga xizmatlarga chiqishni tavsiya qilmagan bo‘lsa?” degan savolga Konsta quyidagicha javob berdi.

Foto: “Daryo”
Aslida odamga ko‘p pul shart emas. Kamroq ham bo‘laveradi, to‘g‘ri hali uyim yo‘q, ammo bu o‘z prinsiplarimdan voz kechib, to‘ylarga chiqishimga sabab bo‘lolmaydi. Ko‘p kuzatuvlarim shuni tasdiqladiki, to‘y oqimiga tushgan san’atkor ijoddan chekinadi. Tan olib aytish kerak, kechasi bilan to‘yma-to‘y yuradigan xonandaga ijod qilish yoqmaydi. To‘ybop, raqsbop bo‘lsin degan fikr bilan yaratilgan qo‘shiqni ham ijod deb bo‘lmaydi.

To‘g‘ri, ijodiy tadbirlarga chiqaman, ammo to‘ylarga qat’iy qarorim — yo‘q. Qarindoshlarim, do‘stlarim yoki rad etolmaydigan tanish-bilishlarimning to‘yiga borib, qo‘shiq aytib berishim mumkin, ammo buning uchun haq olmayman. Men to‘ylarga moslashmayman va ijodimda to‘y uchun qo‘shiq yaratilishini ham istamayman.

O‘zi umuman katta pul evaziga to‘yga san’atkorlarning taklif etilishiga qarshiman. To‘yning o‘zi katta xarajat, yana unga qo‘shib pulga san’atkorni chaqirish yaxshi emas. Masalan, bitta tadbirga 2 200 AQSH dollariga boraman, to‘y-xizmatlariga ham shunday narx belgilashimiz mumkin. Ammo shaxsan o‘zim, bu pulga meni to‘yga taklif etmasdan kelin-kuyov asal oyiga borishlarini maslahat beraman. Chunki to‘yda qo‘shiq his qilinmaydi, uning uchun yaxshisi konsertga kelgan ma’qul
, - deydi Konsta.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Reper Konsta: “Hali ham uyim yo‘q, ammo bu to‘ylarga chiqishimga sabab bo‘lolmaydi”