Durdona Qurbonova yangi mashinasini “ikkinchi uyim” deb atadi (video)

Durdona Qurbonova yangi mashinasini “ikkinchi uyim” deb atadi (video)

Aktrisa Durdona Qurbonova yangi mashinasining imkoniyatlari haqida so‘zlab, uni bemalol “ikkinchi uyim” deb atash mumkinligini aytdi.

“Mashinamga chiqqan ko‘pchilik insonlar 'Mashinangiz xuddi uyga o‘xsharkan', deyishadi. Chunki unda televizor, muzlatkich, dazmol va fenlardan foydalanish uchun barcha sharoitlar bor. Kiyimlarimni joylashtirish uchun ham juda qulay. Rostdan ham, mashinam mening ikkinchi uyim. Uyimdan ko‘ra ko‘proq vaqtimni mashinamda o‘tkazaman”, — dedi aktrisa.

Durdona Qurbonovaning ta’kidlashicha, suratga olish jarayonlarida bunday qulayliklar unga ayniqsa zarur. Mashinada kiyimlarini tartibli saqlash, kerak bo‘lsa, yo‘l-yo‘lakay kiyim almashtirish uchun ham barcha sharoit yaratilgan.

“Syomkalarda menga aynan shunday sharoitlar juda kerak bo‘ladi. Kiyimlarimni saqlash, orqa qismida bemalol kiyim almashtirish uchun ham hamma imkoniyat bor. Havas qilgan hammaga shunday 'ikkinchi uylar' nasib qilsin”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Aktrisaning ushbu gaplari kuzatuvchilar orasida ham qiziqish uyg‘otdi. Ko‘pchilik izohlarda yangi mashinaga havas qilganini bildirib, “Bizga ham shunday barcha sharoitlari bor ikkinchi uylar nasib qilsin”, deya niyat qilishgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar