Foto: Dzen
Film va seriallarda ijobiy qahramonni gavdalantirish osonroq, chunki barcha muxlislar bosh personajni doim yaxshi ko‘radi, film davomida unga hamdard bo‘ladi. Asosiy qahramonga aksariyat hollarda juft sifatida eng go‘zal aktrisalar tanlab beriladi.
Salbiy qahramonlarning taqdiri esa ko‘pincha avvaldan aniq bo‘ladi va tomoshabin uning tezroq mag‘lub bo‘lishi va niyatiga yetmasligiga umid qiladi. Ammo shunday obrazlar borki, ular salbiy xarakteriga qaramay, tomoshabinni o‘ziga jalb qiladi. Chunki bir tomondan, qahramonning nega bunday holatga kelib qolganiga izoh topiladi va muxlislar filmning yakuniga qadar salbiy insonning taqdiri ham baxtli yakunlanishini istaydi.
Quyida e’tiboringizga turk seriallarida yovuz obrazlarni gavdalantirgan, ammo ko‘plab tomoshabinlarning sevimli qahramoniga aylangan aktyorlarni taqdim etamiz.
Amir Ko‘zjio‘g‘lu (“Sevgi iztirobi”)
Foto: Dzen
“Sevgi iztirobi” serialidagi Amir roli Kaan Urganjio‘g‘lu uchun ham shon-shuhrat, ham tomoshabinlarning nafratini olib keldi. Shu paytgacha dramatik sevgi hikoyasi haqidagi serialni tomosha qilgan har bir kishi aktyorning yangi rollariga ko‘nika olmaydi. Aktyor kelishgan, mehribon va yoqimtoy yigitlarning rolini o‘ynasa ham, ular baribir Kaanni “Sevgi iztirobi” serialidagi yomon qahramon sifatida ko‘radi.
Butun serial davomida u rafiqasi Nihonni qiynoqqa soladi, uni tahdid va shantajlar orqali o‘ziga yaqin tutadi. Amir ayolining unga befarqligini bilsa-da, bunga parvo qilmaydi va har safar raqibi ustidan muvaffaqiyat qozonish uchun urinishlarini davom ettiradi. Bu voqealarning barchasiga qarab, muxlislarda nima uchun bu qadar kelishgan oshiq yigitga hech bo‘lmaganda bir marta imkoniyat bermaslik kerak, degan fikr tug‘iladi.
Og‘ir xarakteriga qaramay, Amirning o‘ziga bo‘lgan ishonchi baland, qat’iyatli va mard inson. Uning qahramoni murakkab vaziyatlarda sarosimaga tushib qolmaydi va o‘z muammolarini hal etish uchun doimo chora topishga urinadi. Shu sababli Amir obrazi ham millionlab muxlislariga egadir.
Xorun (“Beqaror”)
Foto: Dzen
“Beqaror” serialidagi Xorunning xarakteri serialni jonlantirish va unga yorqin ranglar qo‘shish uchun o‘ylab topilgan personajdir. U yoqimli suhbatdosh va kelishgan yigit qiyofasida serialning 26-qismida paydo bo‘ladi. Aktyor o‘zini tutishi va xarizmasi bilan tomoshabinni jalb qiladi.
Syujetga ko‘ra, uzun bo‘yli, kelishgan, hazilkash Xorun avvalgi qilgan barcha noto‘g‘ri harakatlari uchun turmushga chiqishga majbur bo‘lgan Yaren Shado‘g‘luning qo‘lini so‘raydi. Yaren bunday nikohga qarshi chiqadi va kuyovdan tez orada qutuladi, deb o‘ylaydi. Ammo Xorun o‘ziga xos kuchli xarakterli va maqsadiga erishuvchi erkak bo‘lib chiqadi va Yarenni tinchlantirishga muvaffaq bo‘ladi. Salbiy personaj bo‘lsa ham, Xorunning obrazi juda yoqimli va xarizmatik bo‘lib chiqqan.
Metin (“Harom pul, yolg‘on sevgi”)
Foto: Dzen
Qiziqarli sevgi sarguzashtlari va detektiv hikoyalar bilan muxlislarni o‘ziga jalb qiladigan mazkur serialda Metin obrazi tovlamachilik, odam o‘g‘irlash kabi barcha “iflos ishlarni” bajaradigan mafiya vakili rolini ijro etadi. Bir kuni unga badavlat qizlarning marhum otasi tomonidan vasiyat qilingan olmoslarni qayerga yashirganini aniqlash va merosxo‘rlarni shantaj qilish uchun qizlardan birini o‘g‘irlash vazifasi beriladi.
Biroq Metin o‘zi asirga olgan latofatli Nilufarni sevib qoladi va natijada ikki o‘t orasida qoladi. Bir tomondan mafiya bergan topshiriqni o‘z vaqtida bajarish kerak bo‘lsa, ikkinchi tomondan Metinning butun umrga yetarli sevgisi turadi. Shunda u o‘zining g‘arazli ishlarini davom ettirishga majbur bo‘ladi. Serial davomida Metinning qanday qilib jinoyat ko‘chasiga kirib qolganini bilgan muxlis qahramonga chin ko‘ngildan achina boshlaydi va unga hamdard bo‘ladi. Metin rolini ijro etgan aktyor Sayg‘in Soysal o‘z xarakterida ezgulik va yovuzlikning ichki kurashini a’lo darajada aks ettira oldi va ko‘plab tomoshabinlar mehrini qozona oldi.
Sadik Murat Kolhan (“Fi. Chi. Pi”)
Foto: Dzen
Sadik Murat Kolhan turli zavod va kemalarning egasi, har qanday muammoni hal qilish uchun juda ko‘p pul va aloqalarga ega qudratli shaxs. U psixoterapevt Yan Manayaning do‘sti bo‘lib, ularni nafaqat biznes aloqalari, balki dahshatli sir ham birlashtiradi. Kunlarning birida Yan Manay bu sir bilan Sadikni shantaj qila boshlaydi va Murat Kolhanda bunday tahdidni bartaraf etishdan boshqa chorasi qolmaydi. U Manay haqida yashirin ma’lumotlarni yig‘ish uchun jurnalist O‘zgeni yollaydi.
Sadik Kolham avvaliga tomoshabinga xavfli, sirli va noaniq shaxs sifatida ko‘rinadi. Ammo har bir epizod bilan uning obrazi asta-sekin ochila boshlaydi va tomoshabin ko‘z o‘ngida butunlay baxtsiz va yolg‘iz qolgan inson paydo bo‘ladi.
Sodiq Kolhan rolini ijro etgan aktyor Usmon Sonant o‘z qahramonining murakkab xarakterini mukammal tarzda yetkazib bera olgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»