Munisa Rizayeva turmush o‘rtog‘i haqidagi mish-mishlarga nihoyat nuqta qo‘ydi! (video)

Shou-biznes olamidagi eng muhokama qilinayotgan mavzulardan biri – xonanda Munisa Rizayevaning turmush o‘rtog‘i haqidagi gap-so‘zlar bo‘ldi. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “eri soxta, faqat ko‘rsatish uchun bo‘lgan” degan mish-mishlarga nihoyat o‘zi javob berdi!
“Milliy” telekanaliga bergan intervyusida xonanda barcha gumonlarga ochiq-oydin izoh berdi:
“Bu gaplar mutlaqo yolg‘on. Biz qonuniy nikohdan o‘tganmiz. Turmush o‘rtog‘im — haqiqiy inson, u hozir Argentinada ishlari tufayli qolgan. Men esa o‘g‘limning sog‘lig‘ini o‘ylab O‘zbekistonga kelishga majbur bo‘ldim. Uning ichi ketib qolgandi va u yerda 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga dori berishmaydi. Shuning uchun qaytishga to‘g‘ri keldi. Bundan tashqari, menda ijodiy rejalar ham bor edi.”
Shu bilan Munisa Rizayeva nafaqat shaxsiy hayotini muxlislariga ochiq qildi, balki u haqda noto‘g‘ri axborot tarqatganlarga ham javob qaytardi. Bir so‘z bilan aytganda, eri “ssenariy” emas, balki haqiqiy oila va haqiqiy muhabbat bor!
Ijodkorning bu samimiy bayonoti muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda va ko‘plab odamlar uning shaffofligi va rostgo‘yligini olqishlamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar