
“Tetris” — butun dunyo bolalari, yoshlari va kattalarning sevimli o‘yini bu yil 40 yilligini nishonlayapti. Aynan shu o‘yin ilk bora 1984 yilda paydo bo‘lib, bir necha yillar davomida turli avlodlarni o‘ziga rom etdi. “Tetris” dunyoga tarqalgan ilk video o‘yinlardan biri bo‘lib, uning sinchiklab ishlangan to‘rlaridan tashkil topgan dunyosi tezlik va fikrlashni sinaydigan qiziqarli loyihaga aylangan.
2020 yilda rejissyor Jon S. Beyrd “Tetris” o‘yinidan ilhomlanib, “Tetris” filmini suratga olishni boshladi. Mazkur filmda Teron Edjerton va Nikita Yefremov kabi mashhur aktyorlar ishtirok etdi. Kinolentada o‘yin yaratilishining dramatik tarixi, uning muallifi Aleksey Pajitnovga bo‘lgan e’tibor va o‘yinning butun dunyoga yoyilishi batafsil ko‘rsatilgan.
Yana bir mashhur o‘yin — “Varkraft”. “World of Warcraft” — bugungi kunda ham dunyodagi eng katta o‘yinchilik jamoalariga ega franshiza hisoblanadi. Unga asos solgan ilk o‘yin — “Warcraft: Orcs & Humans” 1994 yilda yaratilgan va uning afsonalari orqali orklar bilan insonlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar, Azerotx dunyosidagi fantaziya syujetlariga yangi yo‘nalish berilgan.
“Warkraft” filmini rejissyor Dunkan Jons suratga olgan. U birinchi o‘yinning asosiy voqealarini filmga olib, o‘ziga xos va original uslubda namoyish etdi. Lotar va Durotan o‘rtasidagi dramatik ziddiyat, sehrgarlik va kuchli vizual effektlar filmning asosiy jihatlaridan biriga aylandi.
“Sonik” filmi esa ko‘k reaktiv tipratikan haqidagi mashhur o‘yin ruhini saqlab qoldi. Ilk filmni tizimlashtirishda kamchiliklar kuzatildi, muxlislar qahramon qiyofasiga nisbatan salbiy fikr bildirishdi. Studiya esa muxlislar fikrini inobatga olib, qahramonni qayta ishlab chiqdi. Oqibatda “Sonik” filmi aniq va yumorli chiqdi hamda franshiza yaratilishiga zamin yaratdi. To‘rtinchi qism 2027 yilda namoyish etilishi kutilmoqda.
Bolalikning yana bir klassikasi — “Aka-uka Super Mario” filmi ham yangi formatda namoyish qilindi. Mario va Luiji — Bruklinlik santexniklar, malika Pichni qutqarish uchun mushkul yo‘lga chiqishadi. Ilk film muvaffaqiyatsiz chiqqan bo‘lsa-da, 2023 yilda yaratilgan yangi kino millionlab tomoshabinlarni jalb etdi.

Yangilangandan so‘ng, film prokatida bir milliard dollardan ortiq daromadga erishdi. Video o‘yinlar asosida suratga olingan filmlar nafaqat bolalik xotiralarimizni, balki muvaffaqiyatli franshizalar va yangi sinovlar manbai bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu filmlar nafaqat mutaxassislar, balki barcha avlod tomoshabinlari uchun qiziqarli va unutilmas lahzalarni taqdim etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar