date

Dua Lipa rasman Kosovo fuqaroligini qabul qildi

Dua Lipa rasman Kosovo fuqaroligini qabul qildi

Dunyo shou-biznesida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan mashhur xonanda Dua Lipa Kosovo davlatining rasmiy fuqarosiga aylandi. Unga fuqarolik Kosovo prezidenti Vosa Osmani farmoni bilan topshirildi, deb The Guardian manbasi xabar berdi.

Prezident Vosa Osmani shaxsan Dua Lipaga fuqarolik sertifikatini topshirdi. Bu voqea aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Xonandaning o‘zi Instagram sahifasida bu unvonni qabul qilganidan “aќl bovar qilmas darajada minnatdor” ekanligini yozdi.

“Dua, sen mamlakatimizning xalqaro imiji, yoshlarimiz, san’atimizning rivoji uchun qilgan barcha ishlaring uchun minnatdormiz. Kosovo har doim sen bilan faxrlanadi”, — deb yozdi Osmani.

Ma’lumot uchun, Dua Lipa 1995 yilda Londonda kosovo-alban oilasida tug‘ilgan. 2008 yili Kosovo mustaqillik e’lon qilganidan so‘ng, u oilasi bilan birga Prishtinaga ko‘chib o‘tgan. Shunda u 11 yoshda bo‘lgan. Bir necha yildan so‘ng u 15 yoshida yana Londonga qaytgan.

Qo‘shimcha qilib o‘tish joizki, 2022 yil noyabrda Dua Lipa Albaniya prezidenti Bayram Begay tomonidan ham fuqarolikka qabul qilingan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Dua Lipa rasman Kosovo fuqaroligini qabul qildi