date

Ledi Gaga “Wednesday” uchun yangi saundtrek yozdi

Ledi Gaga “Wednesday” uchun yangi saundtrek yozdi

Netflix’ning mashhur “Wednesday” seriali ikkinchi mavsumi arafasida yana bir yulduz ishtirokini e’lon qildi — bu safar Ledi Gaga. Uning ishtiroki serial muxlislari orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda, chunki u nafaqat aktyorlik qiladi, balki yangi saundtrek ham yozgan.

“Dead Dance” deb nomlangan qo‘shiq va uning videoklipi serialning ikkinchi qismi premyerasi bilan birga — 3-sentabr kuni taqdim etilishi rejalashtirilgan. Serialning birinchi qismi esa 6-avgustda namoyish etiladi. Qo‘shiq prodyuserlari Endryu Vatt va Cirkut bo‘lib, ular bilan Gaga ilgari “Mayhem” albomi ustida ham ishlagan.

Gaga serialda “Nevermore” akademiyasining afsonaviy o‘qituvchisi Rozalina Rotvud rolini o‘ynaydi. Bu haqida ilk bor Netflix’ning Tudum tadbirida e’lon qilingan bo‘lib, u yerda Gaga shouni jonli ijro bilan yakunlagan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ledi Gaga “Wednesday” uchun yangi saundtrek yozdi