Rok musiqasi olamida afsonaga aylangan Ozzi Osborn 22 iyul kuni hayotdan ko‘z yumdi. Uning o‘limi butun dunyodagi millionlab muxlislar qalbini ham siyratib o‘tdi. Ma’lum bo‘lishicha, 76 yoshli britaniyalik qo‘shiqchi o‘tkir miokard infarkti sabab vafot etgan. Bu haqda Pravilamag nashri xabar berdi.
Osbornning o‘lim guvohnomasida asosiy sabab sifatida "o‘tkir miokard infarkti" ko‘rsatilgan. Shuningdek, “vnebolnichnaya ostanovka serdsa” (kasalxonadan tashqari yurak to‘xtashi) ham qayd etilgan. Shu bilan birga, yurakning ishemik xastaligi va Parkinson kasalligi (vegetativ disfunksiya bilan) “qo‘shimcha omillar” sifatida tilga olingan.
Marhumning guvohnomasida kasbi sifatida “qo‘shiq muallifi, ijrochi va rok afsonasi” deb yozilgan. Bu iboraning o‘zi Ozzining rok tarixida tutgan o‘rnini to‘liq ifoda etadi.
Ozzi Osborn 76 yoshida vafot etdi — o‘lim sababi aniqlandi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar