date

Burak Deniz: Turkiyaning ekran yulduzi — hayoti, muvaffaqiyatlari va o‘ynagan rollari

Burak Deniz: Turkiyaning ekran yulduzi — hayoti, muvaffaqiyatlari va o‘ynagan rollari

Turkiyalik aktyor Burak Deniz 1991 yil 17 fevralda Istanbulda tug‘ilgan va Izmitda o‘sgan. Chanakkale 18 Mart universitetida san’at tarixi yo‘nalishida oliy ta’lim olgan. U aktyorlik yo‘liga maktabda o‘tkazilgan sahna to‘garaklari va mahorat darslari orqali qadam qo‘ygan, aynan shu paytda rejissyor Gөkche Doruk Erten uni kashf etgan.

Burak Deniz televideniyadagi faoliyatini 2011 yilda “Kolej Günlüğü” serialida debyut qilgan holda boshladi. Shundan so‘ng u “Medcezir” va “Tatlı Küçük Yalancılar” seriallarida rol o‘ynadi. Unga esa eng katta omad “Aşk Laftan Anlamaz”dagi Murat Sarsilmaz obrazi orqali keldi.

2017–2019 yillarda efirga chiqqan “Bizim Hikaye”da Barish Akta rolini ijro etishi uni nafaqat Turkiyada, balki xorijda ham tanitdi. Keyinchalik u “Maraşlı” (2021), “The Ignorant Angels” (2022) va “Şahmaran” (2023) kabi turli janr va platformalardagi seriallarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Kino sohasida esa “Arada” (2018) va Netflix uchun suratga olingan “Kal” (2022) filmlarida rol ijro etdi.

2018 yili GQ “Yilning o‘sib borayotgan yulduzi” (Rising Player of the Year) mukofotini qo‘lga kiritgan.

2023 yilda u “Distinguished International Actor” mukofotiga sazovor bo‘ldi va 2024 yilda esa GQ jurnali tomonidan “Yilning ekran yulduzi” deb e’tirof etildi.

Deniz intervyularida milliy madaniyatimizni asrab-avaylash va uni jahon auditoriyasiga his-tuyg‘ular orqali yetkazishni muhim deb bilishini ta’kidlaydi. U Hindistonga ilk bor safar qilganida Aamir Khan'ning ijodini baland baholaganini aytgan va turk san’atining xalqaro maydonda keng tanilishiga urg‘u bergan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Burak Deniz: Turkiyaning ekran yulduzi — hayoti, muvaffaqiyatlari va o‘ynagan rollari