date

Bollivudning mashhur yulduzi — Anushka Sharma

Bollivudning mashhur yulduzi — Anushka Sharma

Anushka Sharma 1988 yil 1 may kuni Uttar-Pradesh shtati, Ayodhya shahrida tug‘ilgan. Otasi Ajay Kumar Sharma armiya ofitseri, onasi Ashima Sharma esa uy bekasi. Uning akasi Karnesh Sharma ilgari dengiz floti a’zosi bo‘lgan, hozirda esa film prodyuseri.

Anushka bolaligidan turli shaharlarda yashagani, harbiy muhitda o‘sgani sabr va mustaqillikni o‘rgatgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, “aktisa bo‘lishdan ham ko‘ra, armiya ofitserining qizi bo‘lishimdan faxrlanaman”.

U ilk ta’limni Assamdagi St. Mary's maktabida oldi, keyinchalik Bangalordagi Army School va Mount Carmel kollejida san’at yo‘nalishida o‘qidi. Ilk niyati jurnalist yoki model bo‘lish edi.

2007 yilda Mumbayga ko‘chib, Elite Model Management orqali modellikni boshladi. “Lakme Fashion Week” podiumida debyut qildi va bir qator reklama loyihalarida qatnashdi. Shu davrda aktyorlik maktabiga ham borib, kino olamiga kirib keldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Bollivudning mashhur yulduzi — Anushka Sharma