date

Disney uch o‘smir jodugar haqidagi yangi serialni taqdim etadi

Disney uch o‘smir jodugar haqidagi yangi serialni taqdim etadi

Disney studiyasi “High School Musical” filmining rejissyori Tim Federl tomonidan yaratilgan yangi mistik drama — “Koven Akademiyasi” serialiga rasman start berdi, deb xabar bermoqda Peopletalk.

Serialning premerasi kelasi yili bo‘lib o‘tadi va u Nyu-Orlean shahridagi uchta o‘smir jodugarning sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. Ular o‘z yurtini xavfli va qadimiy tuzoq kuchlardan himoya qilish uchun kurash olib boradilar. Loyihaning rasmiy tavsifida shunday deyiladi

“Qahramonlar qorong‘u sirlarni ochish, o‘zgaruvchan sehrni boshqarish va jodugar raqiblarga qarshi turish jarayonida, yoshlikka xos tuyg‘ular, ehtiroslar va chuqur do‘stlik rishtalari bilan ham yuzma-yuz kelishlariga to‘g‘ri keladi”.

Tim Federl yangi serial haqida o‘z fikrlarini ham bayon etdi:

“Men 'Koven Akademiyasi'ni o‘ziga xos tarzda yoshlar uchun suyib tomosha qilgan seriallarga hurmat ifodasi sifatida yaratdim. Disney'dagi do‘stlarim bilan birgalikda ushbu orginal hikoyani ekranga olib chiqqanimdan mamnunman va dunyo bizning ajoyib aktyorlar hamda ijodkor jamoa bilan yaratgan filmimizni ko‘rishini kutmoqdaman”.

Serialda maxsus mehmon sifatida Brendon Trembley (“Avlodlar: Yovuz mo‘jizalar mamlakati”), Svayam Bxatiya (“Zombi 4: Vampirlar tongida”) va Kigan Konnor Treysi (“Bir paytlar”) kabi taniqli aktyorlar ham ishtirok etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Disney uch o‘smir jodugar haqidagi yangi serialni taqdim etadi