date

Bella Ramsay Spider-Man bo‘lish orzusini oshkor qildi

Bella Ramsay Spider-Man bo‘lish orzusini oshkor qildi

Yosh aktrisa Bella Ramsey Marvel olamidagi eng sevimli qahramonlardan biri — O‘rgimchak odamni ijro etishni istashini aytdi. U bu haqda Variety nashriga bergan suhbatida to‘xtalib o‘tgan.

“Men ham Spider-Man bo‘lishim mumkin edi”, — dedi u jurnalistning qaysi superqahramon rolini o‘ynashni xohlaysiz degan savoliga javoban.

Ramseyning ta’kidlashicha, 2016 yildan beri Marvel kinoman olamida O‘rgimchak odam obrazini jonlantirib kelayotgan Tom Xolland “juda yaxshi ish bajargan”. “Shunday ekan, ehtimol Marvel men uchun yangi qahramon yaratishiga to‘g‘ri kelar”, — deya kuldi aktrisa.

Qizig‘i shundaki, Ramsey ikki oy avvalgina birinchi bor Marvel filmini tomosha qilganini aytdi. U tanlagan kartina esa “Spider-Man” bo‘lib, unda bosh qahramonni boshqa aktyor — Endryu Garfild ijro etgan.

21 yoshli Bella Ramsey HBO kanalida namoyish etilgan va shu nomli kompyuter o‘yini asosida suratga olingan “The Last of Us” serialidagi Elli roli orqali katta shuhrat qozongan. Shunga qaramay, serial muxlislari orasida uning tanlanishiga nisbatan turli fikrlar bildirilgan — ko‘plar aktrisaning tashqi qiyofasi va animatsiyadagi qahramon obrazi o‘rtasidagi farq sababli norozilik bildirishgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Bella Ramsay Spider-Man bo‘lish orzusini oshkor qildi