date

Lola va Ruhsora Emm ijrosida yangi qo‘shiq

Lola va Ruhsora Emm ijrosida yangi qo‘shiq
O‘zbek estradasida yana bir yangilik — iste’dodli xonandalar Lola va Ruhsora Emm tomonidan ijro etilgan “Alam” deb nomlangan yangi duet premera qilindi. Yangi kompozitsiya barcha yirik musiqa platformalariga joylandi va ijodkorlar ushbu xabarni o‘z Instagram sahifalarida e’lon qilishdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, “Alam” — bu zamonaviy musiqa trendlariga javob beradigan, ikki ijodkorning o‘ziga xos uslublarini uyg‘unlashtirgan asar hisoblanadi. Qo‘shiqning boshlanish qismida Lolaning mashhur bo‘lib ketgan “Sizdachi, sizda nechta — ikkitami?” jumlasidan va Ruhsora Emm ijrosidagi “Gaza bas” trekidan olingan ijodiy ritmlar joy olgan. Bu intro qo‘shiqqa o‘ziga xos ruh va qiziqish bag‘ishlaydi.

Asarning eng ta’sirchan qismi esa quyidagi satrlar bilan boshlanadi:
“Yuraging olovin ber, rostan qimirlasin yer,
Har kim nima dese der, tasavvurga imkoni ber.”

Shu satrddan so‘ng qo‘shiqdagi raqsga chorlovchi kuchli “beat” va “bas” jaranglaydi. Muttaxassislar fikriga ko‘ra, ushbu musiqa yirik konsert kechalari va yoshlar anjumanlarining ajralmas qismiga aylanishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Lola va Ruhsora Emm ijrosida yangi qo‘shiq