date

2026-yilda chiqadigan mashhur filmlar ro‘yhati ma’lum qilindi

2026-yilda chiqadigan mashhur filmlar ro‘yhati ma’lum qilindi

Kelasi 2026-yil kino ixlosmandlari uchun haqiqiy xursandchilik bo‘lishi kutilmoqda. Bu yil tomoshabinlarni nafaqat yangi qahramonlar, balki uzoq yillar davomida intiqlik bilan kutilayotgan sikvellar, ya’ni davom filmlari ham kutib turibdi. Dramadan tortib fantastikagacha, sarguzashtdan komediyagacha — har bir janrda ulkan premeralar tayyorlanmoqda. Shu bois 2026-yil kinomuhlislar xotirasida uzoq saqlanadi, deb aytish mumkin. Quyida eng katta shov-shuv kutilgan filmlar haqida batafsil ma’lumot beriladi.

1. “Qattiqqo‘l xonim 2” (The Devil Wears Prada 2)

Miranda Pristli yana sahnaga qaytib keladi! Bu safar u “Podium” jurnali obro‘sini saqlab qolish uchun o‘zining sobiq yordamchisi Emili bilan hamkorlik qilishga majbur bo‘ladi. Ikki kuchli ayol o‘rtasidagi raqobat, o‘tkir hazil va moda dunyosidagi intrigalar filmning asosiy syujeti bo‘ladi. Taniqli aktrisalarning yangi dueli moda va hayot o‘rtasidagi murakkab chegarani yana ochib beradi.

2. “O‘lmas odam” (The Immortal Man)

“Peaky Blinders” serialining davomi sifatida Tomas Shelbining taqdiri yana markazda bo‘ladi. Bu safar u siyosiy o‘yinlar, jinoyatlar va o‘tmish gunohlari girdobida qoladi. Film dramatik voqealarga, hissiy to‘lqinlarga va tarixiy detallarga to‘la bo‘lib, serial muxlislariga uzoq kutilgan yakunni taqdim etadi.

3. “Dyuna: 3-qism” (Dune: Part Three)

Pol Atreydes endi imperator. Biroq taxtda o‘tirish oson emas. Unga qarshi fitnalar, siyosiy ayyorliklar va cho‘l imperiyasining g‘aroyib sirlari yana yangi sinovlar keltiradi. Film katta ko‘lamli janglar, chuqur falsafiy fikrlar va hayratlanarli vizual effektlar bilan to‘la bo‘lishi aytilmoqda.

4. “Hayot-mamot o‘yini: Qayta tug‘ilish” (The Hunger Games: Dawn of the Reaping)

Bu safar hikoya Ketniss Everdindan ancha oldingi avlod haqida bo‘ladi. Yosh Xeymitch Ebernati o‘zi uchun kurashar ekan, kelajakdagi qahramonlar uchun yo‘l ochadi. Bu qism “Hayot-mamot o‘yini” olamini yanada kengaytiradi va inson omon qolish uchun nimaga qodir ekanini yana bir bor namoyon etadi.

5. “Mandaloriyalik va Grogu” (The Mandalorian & Grogu)

Star Wars olamining sevimli juftligi yana qaytib keladi. Din Jarin va uning kichik shogirdi Grogu yangi missiyada — galaktika bo‘ylab sinovlarga to‘la sayohatga chiqadi. Filmda yurakni ilituvchi lahzalar, shiddatli janglar va katta dramatik burilishlar bo‘lishi kutilmoqda.

6. “Sehrgarlar merosi” (Practical Magic 2)

Opa-singil sehrgarlar ortiqcha gap-so‘zsiz qaytishmoqda. Yillar o‘tgan bo‘lsa-da, ular yangi avlodga sevgi va sehr haqidagi darslarni o‘rgatadi. Ilg‘or texnologiya bilan birlashgan bu sehrli hikoya tomoshabinlarni bolalik xotiralariga qaytarib, iliq va romantik kayfiyat bag‘ishlaydi.

7. “Grenlandiya: Migratsiya” (Greenland: Migration)

Yer yana xavf ostida. Gloabl falokatlar fonida Gerriti oilasi yangi boshpana izlab yo‘lga chiqadi. Bu safar ular nafaqat tirik qolish, balki bir-birlariga bo‘lgan ishonch va sadoqatni sinovdan o‘tkazishadi. Film insonning yashashga bo‘lgan ichki kuchi va umid haqida hikoya qiladi.

8. “Qasoskorlar: Qiyomat kuni” (Avengers: Judgment Day)

Marvel olamida yangi davr boshlanadi. Yangi qahramonlar va sevimli yuzlar qayta birlashib, butun insoniyatni halokatdan qutqarish uchun jonbozlik ko‘rsatishadi. Film ulkan janglar, ko‘z yosh va g‘ururga to‘la bo‘lishi aytilmoqda. Bu Marvel tarixidagi eng katta krossoverlardan biri bo‘lishi mumkin.

9. “O‘rgimchak-odam: Mutlaq yangi kun” (Spider-Man: Brand New Day)

Piter Parker bu safar nafaqat jinoyatchilarga, balki o‘zining ichki qo‘rquvlariga qarshi chiqadi. U Nyu-York ko‘chalarida yana oddiy odamlar bilan yuzma-yuz keladi va o‘z hayotini qayta qurishga harakat qiladi. Film insonlik, mas’uliyat va kechirim mavzusini yoritadi.

10. “Jumanji 3” (Jumanji 3)

O‘yin yana boshlandi! Bu safar uning qoidalari mutlaqo o‘zgargan — real dunyoga o‘yin hayvonlari kirib keladi. Qahramonlar esa bu xaosni to‘xtatish uchun birlashishadi. Film kulgu, sarguzasht va sirli voqealar bilan to‘la bo‘lib, barcha yoshdagi tomoshabinlar uchun mos bo‘ladi.

2026-yil shubhasiz, kino olami uchun yorqin va katta premeralar yili bo‘ladi. Har bir film tomoshabinni nafaqat kutilmagan voqealar bilan, balki hissiyot va mazmun bilan ham to‘ldiradi. Sevimli qahramonlar qaytadi, yangi dunyolar ochiladi — kino muxlislari uchun esa bu yil haqiqiy mo‘jizaga aylanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » 2026-yilda chiqadigan mashhur filmlar ro‘yhati ma’lum qilindi