date

Jennifer Eniston: “Men o‘z DNKmni farzandimda ko‘rgim kelgan”

Jennifer Eniston: “Men o‘z DNKmni farzandimda ko‘rgim kelgan”

Gollivud yulduzi Jennifer Eniston o‘z hayoti davomida bolali bo‘lish uchun ko‘p urinishlar qilganini, biroq hech qachon farzand asrab olishni xohlamaganini ochiq tan oldi. Bu haqda u “Armchair Expert” podkastidagi intervyusida so‘zlab berdi.

56 yoshli “Do‘stlar” seriali yulduzi shunday dedi: “Ko‘pchilik menga: 'Nega farzand asrab olmaysan?' deyishardi. Lekin men har doim o‘z DNKmni kichik insonda ko‘rishni xohlardim. Bu men uchun yagona yo‘l edi — buni kimdir xudbinlik deb hisoblasin yoki yo‘q, ammo bu mening haqiqiy his-tuyg‘ularim edi”.

Eniston suhbat davomida bepushtlik bilan olib borgan uzoq kurashi, shifokorlar bilan bo‘lgan og‘riqli so‘zlashuvlar va umidsiz pallalar haqida ham gapirdi. “Ba’zida men hamon bolali bo‘lishim mumkin deb o‘ylardim, ammo bu umidlar juda tez so‘nardi”, — dedi u.

Aktrisa shuningdek, shifokorlar uning keyingi urinishlari befoyda bo‘lishini aytganida his qilgan iztirobini eslab, bu jarayon uning ruhiyatiga qattiq ta’sir qilganini ta’kidladi.

Jennifer 2016 yilda yozgan mashhur inshosida ham shu mavzuga to‘xtalib, hayotning qadri faqat turmush yoki bola orqali o‘lchanmasligini aytgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Jennifer Eniston: “Men o‘z DNKmni farzandimda ko‘rgim kelgan”