10 749
Yangi yil tuhfasi sifatida Xonanda Lola o‘g‘li Diyorga Messining butsalarini sovg‘a qildi
Xonanda Lola ikkinchi farzandi Diyor uchun Messining butsalarini sovg‘a qildi. Bu haqda qo‘shiqchi Instagram sahifasida yozib qoldirdi va Diyorning «Barselona» formasidagi suratini unga ilova qildi.
«Yangi yil bizning sevimli bayramimiz, unda orzular ro‘yobini ko‘rish mumkin», — deb izoh qoldirdi Lola. Uning qayd etishicha, oila Messining butsalarini orziqib kutgandi.
«Biz Messining butsalarini shu qadar kutgandikki, Diyor mana uchinchi kundirki ular bilan uxlaydi, ovqatlanadi. Xattoki, butsaning bog‘ichlarini taqib olishni ham o‘rgandi. Bolalarimizning ko‘zlarida quvonch bo‘lsa kifoya, boshqa hech narsa kerak emas» — deb so‘ziga yakun yasagan Lola.
Avvalroq Lola o‘z intervyularidan birida Diyorning «Paxtakor» futbol maktabiga borishi haqida aytib o‘tgandi. Endi esa uning «Barselona» va Messining muxlisi ekani oydinlashdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!
Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi