
O‘zbekistonlik mashhur dzyudochi Diyora Keldiyorova o‘zining Instagram sahifasiga yangi video joylab, tagiga “My big supporter” deb yozib qoldirdi. Videodan ko‘rinib turibdiki, Diyora yaqinda ona bo‘lganiga qaramay, sportni tark etmay, aksincha, yanada ilhom bilan shug‘ullanmoqda.
Bu holat insonda xohish, qat’iyat va aniq maqsad bo‘lsa, har qanday ishga vaqt topilishi mumkinligining yorqin isbotidir. Diyora o‘z namunasida ayol kishining o‘rni faqatgina oshxona bilan chegaralanmasligini, aksincha, u istasa ham oilani, ham farzandni, ham sevimli mashg‘uloti — sportni birdek olib bora olishini ko‘rsatib beryapti.
Sportchi qizalog‘iga ham hozirdanoq sportga mehr uyg‘otyapti. Shu bois u yana bir bor muhlislarning hurmati, e’tibori va ilhomiga sazovor bo‘lmoqda.
Video muxlislar tomonidan iliq kutib olindi, turli yaxshi fikrlar va motivatsion izohlar bilan to‘ldirilmoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.