
Ijtimoiy tarmoqlarda “Layli va Majnun” nomi bilan mashhur bo‘lgan mashhur juftlik yana bir bor kuzatuvchilarini quvontirdi. Ular shaxsiy sahifalariga egizak farzandlari — Umar va Rayyonaning 8 oylik bo‘lganini nishonlab, mehrga to‘la video-post joylashdi.
Post ostida ular “Masha Alloh, Alhamdulillah. Niyat qilganlarga nasib qilsin”, degan duoli izoh qoldirib, barcha ota-onalikni orzu qilayotganlarga ham ezgu tilak yo‘llashdi.
Video lavhalarda Umar va Rayyonaning tug‘ilgan ilk kunlaridan tortib, bugungi 8 oylik quvonchli pallalarigacha bo‘lgan eng muhim lahzalar jamlangan. Ularning ilk tabassumi, birinchi marta emaklagan onlari, ota-onasining mehrli quchog‘ida o‘tgan unutilmas vaqtlar — barchasi videoda o‘z aksini topgan.
Mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda tezda keng tarqalib, kuzatuvchilardan ko‘plab tabriklar va iliq izohlar yog‘ildi. Egizaklarning har bir yangi oyligi Layli va Majnun oilasi uchun katta baxt, kuzatuvchilar uchun esa yoqimli taassurot bo‘lib qolmoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.