
Aktrisa Feruza Normatova Instagram’da tarqalgan yangi videoda o‘ziga nisbatan yozilgan ariza va noto‘g‘ri ayblovlar haqida keskin munosabat bildirdi. Aktrisaning aytishicha, uning ustidan “ma’muriy javobgar shaxs” sifatida rasmiy xat yuborilgan, ammo u bu holatni mutlaqo asossiz deb hisoblaydi.
Videoda Feruza quyidagilarni bayon qiladi:
“Biz bir tog‘ga chiqmaylik ekan, biz baxtli yashamaylik ekan. Mening ham ustimdan yozib berishibdi. Endi meni ham ayblamoqchimisizlar? Uyimizga ma’muriy javobgar shaxs sifatida xat kelibdi. Axir men hech qayerga bormagan bo‘lsam, hech kimga tushuntirish xati bermagan bo‘lsam, qanday qilib meni aybdor qilishingiz mumkin? O‘zi menmanmi o‘sha sizlar ayblayotgan odam?”
Aktrisa, shuningdek, ayrim mas’ul xodimlarning faoliyatini qayta ko‘rib chiqish kerakligini aytib o‘tdi:
“Ba’zi qonun xodimlarini ham tekshirtirish kerak. Ularning ustidan ham tekshiruv ochilishi shart deb o‘ylayman,” — dedi u.
Feruzaning ushbu murojaati ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokama uyg‘otdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.