date

Aziz Rametov: "Zastava" syomkasida hayotimni Alisher aka saqlab qoldi

Aziz Rametov: "Zastava" syomkasida hayotimni Alisher aka saqlab qoldi

Aktyor Aziz Rametov “IntervyuUZ” dasturida mehmon bo‘lib, “Zastava” seriali suratga olinayotgan paytda yuz bergan hayot-mamot lahzasini esladi. Uning aytishicha, o‘sha kuni Alisher Uzoqov uni og‘ir falokatdan asrab qolgan.

Aziz Rametov voqeani quyidagicha hikoya qiladi:

“Alisher aka men uchun haqiqiy aka. "Zastava" serialida otda chopayotgan paytimiz ot charchadimi, taqasi toshga sirg‘alib ketdi va bir oyog‘i qiya holatga tushdi. Ot yiqilib ketmasin deb o‘zimni yon tomonga tashladim, egarni ushlab qoldim. Qarasam, oldimizda katta xarsang tosh turgan ekan va ot unga urildi. Shu paytda bo‘ynim kosasidan chiqib ketdi, suyakka taqalib qoldi. Bir qo‘lim bilan egarni mahkam ushlab, boshimni yelkamga qo‘ydim.”

Shu lahzada Alisher akam vaziyatni ko‘rib, mening oldimga otda chopib kelgan:

“Alisher akam Aziz, ushla! deb otni to‘xtatib qoldilar. Mansur akam esa ko‘zlari yoshga to‘lib, Azizjon ukam! deb yugurib keldi. Alisher akam ham yig‘lab, baqirib Mansur aka bir nima qiling deb yordam so‘radi. Mansur akam holatni ko‘rib, darhol ratsiyadan chiqib, yordam chaqirdilar.”

Rametovning aytishicha, suratga olish guruhida tabib bo‘lgan kishi ham bor edi — u ham shifokor, ham kaskadyor ekan:

“U kishi hammasi yaxshi, bo‘yningiz kosasidan chiqqan deb vaziyatni tushuntirib, bosqichma-bosqich bo‘ynimni joyiga soldi. O‘sha payt hiq-hiq qilib yana nafas ola boshlaganman.”

Aziz Rametovning ushbu hikoyasi tinglovchilarni larzaga soldi. Aktyor o‘sha kunni eslar ekan, Alisher Uzoqovga hayotini saqlab qolgani uchun chuqur minnatdorchilik bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Aziz Rametov: "Zastava" syomkasida hayotimni Alisher aka saqlab qoldi