
O‘zbekistonlik taniqli xonanda Munisa Rizayeva erining haqiqiyligini shubha ostiga qo‘yganlarga javob berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab odamlar erining soxta ekanini o‘ylashadi, ammo u bunga qarshi chiqib, o‘zining Instagram sahifasida shu haqda ochiqdan-ochiq fikr bildirdi.
Munisa, erining har kuni ishlari bilan band bo‘lishini aytib, ular orasidagi aloqaga izoh berdi: "Mani xo‘jayinim ertalabdan kechgacha telefonda o‘tiradi, chunki ishlari shunaqa," deb yozdi xonanda. U Dubayga sayohat qilayotganda, erining boshqa tarafdan o‘tganini, o‘zining va bolasi bilan boshqa yo‘nalishda borganini ham ta’kidlab o‘tdi. “Biz alohida keldik, erim yuklarni oldi, telefonda ishladi, men esa qaysi yuklar bizlarniki ekanini hal qilib oldim,” dedi Munisa.
Bundan tashqari, Munisa Instagram izohlarida yozilgan bir odamning fikriga ham javob berdi. U kishi "Munisa, eringiz soxta ekan,uni faqat oldizda olib yurasiz" degan edi. Munisa esa bunday xabarlarni rad etib, “Erim haqiqiy, faqat ishlari shunday” deb javob qaytardi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.