
"Benom" guruhining 30 noyabr kuni Xalqlar Do‘stligi Saroyida bo‘lib o‘tgan konserti nafaqat musiqiy kecha, balki haqiqiy romantik bayramga aylandi. Tadbir davomida sodir bo‘lgan voqealar ijtimoiy tarmoqlarda tezda tarqalib, katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.
Konsert o‘rtalarida sahna oldida o‘tirgan sevishganlar orasidan bir yigit kutilmaganda sevgan qiziga guldasta berib, omma oldida sevgi izhor qildi. Qizning “ha” deb javob berishi zalni hayajonga soldi, tomoshabinlar qarsaklar bilan bu juftlikni qo‘llab-quvvatlashdi. Ushbu romantik lahza boshqa juftliklarga ham motivatsiya berdi.
Oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan, ikkinchi juftlik ham tomoshabinlar ko‘z o‘ngida turmush qurish taklifi — “marry me” marosimini o‘tkazishdi. Bu kutilmagan holat zalda yanada ko‘tarinki kayfiyat yaratdi.
Shu bilan tugamadi. Uchinchi yigit ham sevgilisiga sahna ortida turli guvohlar qarshisida sevgi izhor qildi. Ketma-ket sodir bo‘lgan ushbu takliflarni ko‘rib, yana bir oshiq bu vaziyatdan ruhlanib, o‘z juftiga to‘y taklifini berdi.
Shunday qilib, birgina konsert davomida bir vaqtning o‘zida 4 ta juftlik turmush qurish taklifini amalga oshirdi. Jami 8 nafar oshiq-ma’shuq konsertni unutilmas romantik lahzaga aylantirib, o‘z baxtlariga ilk qadamni qo‘yishdi.
“Benom” konserti shu tariqa nafaqat musiqiy tomosha, balki muhabbat va baxtning ramziga aylangan kechaga aylandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.