
Aktrisa Nigina Jabarova so‘nggi kunlarda o‘zining Instagram sahifasida qator hayratlanarli video postlar bilan bo‘lishmoqda. U bolalikdan orzu qilgan manzillarni ziyorat qilish uchun dunyoning turli nuqtalariga sayohat qilayotgani bilan muxlislarini yana bir bor lol qoldirdi.
Niginaning e’tibor tortgan postlaridan biri — “Salom, Arktika” deb nomlangan video bo‘ldi. Unda u haqiqatan ham Arktika hududiga safar qilgani, oppoq muzliklar, sokin suvlar, noyob qushlar va hayvonot olami bilan yaqindan tanishganini namoyish etadi. Videodan uning hayrat va quvonchi yaqqol sezilib turadi.
Aktrisa yana bir videosida esa yana bir katta orzusini amalga oshirganini bildirdi. U post ostiga “Yana bir orzum bo‘lgan — Shimol yog‘dusi” deb yozgan. Rolikda u mamnunlik va hayajon bilan ajoyib “aurora borealis” manzarasini muxlislari bilan bo‘lishadi. Rang-barang nurlar ostidagi videoni tomosha qilgan ko‘pchilik muxlislar aktrisaga qoyil qolgan holda iliq kommentlar qoldirgan.
Nigina Jabarovaning ushbu orzularga boy sayohati ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokama uyg‘otdi. Uning jasorati, dunyoni kashf etish ishtiyoqi va orzular sari intilishi ko‘plab insonlarga ilhom bermoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.