date

Nargiza Abdullayeva onasidan nega kechirim so‘radi?

Nargiza Abdullayeva onasidan nega kechirim so‘radi?

Aktrisa Nargiza Abdullayeva “NavoTV 13-studiya” dasturida juda shaxsiy va samimiy lahzani o‘rtoqlashdi. Dastur boshlovchisi undan:

“Onangizdan kechirim so‘rashingiz kerak bo‘lsa, nima uchun kechirim so‘rar edingiz?” — deb savol bergach, aktrisa samimiy ravishda qalbdagilarini ochdi.

Nargiza o‘z javobida quyidagilarni aytdi:

“Hech kim farishta emas. Bilasizmi, odam eng ko‘p kimga qattiq gapiradi — uni ko‘tara oladigan, tushuna oladigan odamlarga. Ba’zan kimdandir alamimni olib, onamga ovozimni ko‘targan paytlarim bo‘lgan. Juda qattiq emas, lekin baribir ko‘tarilgan ovoz bilan. Arzimaydigan insonlar uchun onamdan alamimni olganim uchun o‘zimdan uyalaman. Onamni juda yaxshi ko‘raman, chin dildan qadrlayman. Shuning uchun onamdan uzr so‘rayman,” — dedi u ko‘zlari namlanib.

Aktrisaning ushbu samimiy e’tirofi muxlislar va tomoshabinlar qalbiga yetib bordi. U o‘z gaplari orqali nafaqat onasidan, balki jamiyatga ham bir saboq berdi: ona mehrining qadriga yetish, unga baland ovozda gapirmaslik va har bir onaning hurmatga loyiq ekanini yana bir bor eslatdi.

Nargizaning ushbu ochiqchasiga qilgan e’tirofi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Nargiza Abdullayeva onasidan nega kechirim so‘radi?