date

Yangi yil shousida Durdona va Mirjalolning kutilmagan dueti (video)

Yangi yil shousida Durdona va Mirjalolning kutilmagan dueti (video)

Aktrisa Durdona Qurbonova Sevimli telekanali uchun tayyorlanayotgan Yangi yil dasturi syomkalaridan navbatdagi yorqin lahzani muxlislar bilan bo‘lishdi. U Instagram sahifasiga joylagan yangi postida xonanda Mirjalol Ne’matov bilan birgalikda ijro etgan “Dilbar” nomli duet bo‘ldi.

Durdona va Mirjalolning duetdagi uyg‘un ovozlari, sahnadagi samimiy muhit va qo‘shiqqa mos ravishda bajarilgan raqslari obunachilarda katta taassurot qoldirdi. Tomoshabinlar ularning har ikki ijrosini “chiroyli”, “mos”, “yangi yillik kayfiyatga to‘la” deb e’tirof etishdi.

Kadr ortidagi videolardan ham bilinib turibdiki, Yangi yil bayramiga ham oz vaqt qolgan, syomkalar esa qizg‘in davom etmoqda. Durdonaning ushbu postiga juda ko‘plab iliq fikrlar, tabriklar va qo‘llab-quvvatlovchi izohlar yog‘ildi.

Aktrisa va xonandaning bunday kutilmagan dueti ko‘plab muxlislarda katta qiziqish uyg‘otdi va bayram oldidan yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Yangi yil shousida Durdona va Mirjalolning kutilmagan dueti (video)