
Xonandalar Layli va Majnun o‘zlarining Instagram sahifalarida yangi, juda mehrli post bilan o‘rtoqlashdi. Ular post ostiga:
“Mashaalloh, bolajonlarimiz 9 oylik bo‘lishdi. Alhamdulillah”, — deya samimiy izoh qoldirishdi.
Postdan ma’lum bo‘lishicha, ularning egizak farzandlari — o‘g‘li Umar va qizi Rayyona 9 oylik bo‘lganini nishonlash maqsadida ota-onasi ular bilan birga chiroyli fotolavhalar tayyorlagan. Ushbu suratlar orqali Layli va Majnun bu unutilmas lahzalarni muhrlab, uni muxlislari bilan bo‘lishishni istashgan.
Rasmlarda katta “9” raqamli shar, “9 oylik” deb yozilgan tort, shuningdek, bayramona salyutchalar aks etgan bo‘lib, barchasi juda chiroyli bezatilgan. Egizaklarning beg‘ubor tabassumi, ota-onaning quvonchga to‘la nigohi — barchasi muxlislar qalbiga iliqlik bag‘ishladi.
Layli va Majnunning yuz-ko‘zlaridagi cheksiz shodlik, farzandlarining har bir o‘sish lahzasi ular uchun qanchalik qadrli ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.