Malika Ravshanova: “12 yilda biror marta ham telefon sotmaganman!” (video)

Malika Ravshanova: “12 yilda biror marta ham telefon sotmaganman!” (video)

Xonanda Malika Ravshanova o‘zining Instagram sahifasida qiziqarli videopost joylab, muxlislarini hayratda qoldirdi. U 12 yil davomida biror marta ham telefon sotmaganini aytib o‘tdi. San’atkor videoda qo‘lidagi ilk telefonini ko‘rsatib:

“Bu mening birinchi iPhone’im. Uning qaysi yilda chiqqani yoki modeli menga qiziq emas. Meni eng ko‘p qiziqtiradigani — ichidagi xotiralar,” — deya ta’kidladi.

Malika Ravshanovaning aytishicha, har bir telefonida farzandlari va oilasiga oid qadrli, unutilmas, shirin lahzalar saqlanib qolgan. Shu bois u hech bir telefonini sotmas ekan.

San’atkor shuningdek, o‘zining “kolleksiyasi”ga yana bir yangi telefon qo‘shilganini aytib, postni quyidagi so‘zlar bilan yakunladi:

“Bu yangi telefonimga ham hayotimizdagi baxtli lahzalarni muhrlash nasib qilsin!”

Xonandaning bu samimiy izohi ko‘plab muxlislar tomonidan iliq kutib olindi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar