date

“Daryo Daryo” premyerasida kutilmagan lahza: Xamdamning otasi va qizi sahnaga chiqdi (video)

“Daryo Daryo” premyerasida kutilmagan lahza: Xamdamning otasi va qizi sahnaga chiqdi (video)

Xonandalar Yulduz Usmonova va Xamdam Sobirov birgalikda taqdim etgan “Daryo Daryo” nomli yangi qo‘shiqning premerasi iliq va samimiy ruhda o‘tdi. Tadbir davomida kutilmagan holat sodir bo‘ldi — Xamdamning qizi va otasi sahnaga chiqib, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatladi.

Xamdam Sobirovning otasi sahnaga ko‘tarilib, san’atkorlarga dil so‘zlarini aytdi, o‘g‘liga samimiy duo qildi. U sahnada barcha uchun ezgu tilaklar bildirib, tadbirga o‘ziga xos mehr va katta hurmat ruhini bag‘ishladi. Tomoshabinlar bu lahzani olqish bilan qarshi oldi.

Yulduz Usmonova ham ushbu samimiy daqiqalardan ta’sirlanib, otalariga bo‘lgan chuqur hurmatini bildirib, Xamdamning otasiga o‘z minnatdorchiligini izhor etdi. U san’at yo‘lida ota duosining naqadar muhimligini ta’kidladi.

Premera jarayonidagi ushbu iliq uchrashuv ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi va muxlislar ikki san’atkorning yangi duyetini iliq kutib oldi.

Premyera davomida Xamdam Sobirov Yulduz Usmonovaga murojaat qilib shunday dedi:

“Men sizni ko‘rishni, sahnada birga turishni orzu qilardim. Mana, bugun nafaqat uchrashdik, balki bir sahnada turib, birgalikda duet kuylash ham nasib qildi. Bu men uchun katta baxt,” — deya o‘z xursandchiligini bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » “Daryo Daryo” premyerasida kutilmagan lahza: Xamdamning otasi va qizi sahnaga chiqdi (video)